Pensiya va nafaqalar 5-yanvardan to‘lab beriladi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovNatsionalnaya valyuta Uzbekistana — sum
Natsionalnaya valyuta Uzbekistana — sum - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.12.2021
Obuna bo‘lish
1-4 yanvar kunlari dam olish kuni deb e’lon qilingani bois pensiya va nafaqalarni to‘lab berish muddati uzaytirilmoqda.
TOShKENT, 29 dek – Sputnik. O‘zbekistonda 2021-yilning 31-dekabr va 2022-yilning 1-4 yanvar kunlari barcha soha vakillari uchun dam olish kuni deb e’lon qilingan. Shu bois pensiya va nafaqalarni to‘lab berish muddati uzaytirilmoqda.
“Yanvar oyi uchun pensiya va nafaqalar naqd pul shaklida tarqatilishi va bank kartalariga o‘tkazilishi 5-6 yanvardan boshlab belgilangan muddatlargacha to‘lanishi ta’minlanadi”, - deyilgan Pensiya jamg‘armasi va Xalq bankining qo‘shma bayonotida.
Bugunga qadar prezidentning 2017-yil 2-fevraldagi [PQ-2753-son] farmoniga muvofiq, pensiya va nafaqa pullari har oy birinchi bank ish kunidan boshlab 27 sanasiga qadar to‘lab kelinayotgan edi.
O‘zbekistonda pensiya va nafaqa oluvchilar soni 4 million kishidan oshdi
Xususan, to‘lovlar kunlik grafik asosida (dam olish kunlaridan tashqari) mahalla fuqarolar yig‘inlari va fuqarolarning yashash manziliga borgan holda yetkazib kelingan.
Yangiliklar lentasi
0