Jamiyat

Munajjimlar bashorati-2022: Qisqichbaqa burji vakillarini nimalar kutmoqda?

© Pixabay/Darkmoon_artZnak zodiaka Rak
Znak zodiaka Rak - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 29.12.2021
Kelayotgan yil barcha Qisqichbaqalar (Saraton) uchun unutilmas boʻladi: kimdir ishda kutilmagan muvaffaqiyatga erishishi, kimdir doimiy yashash joyini oʻzgartirishi va kimnikidadir toʻy yoki yangi oila aʼzosi paydo boʻlishi mumkin. Ular uchun 2022 yilgi munajjimlar bashoratini quyida oʻqing.

Qisqichbaqa burji vakillarini 2022 yilda nimalar kutmoqda?

Kelayotgan yil barcha Qisqichbaqalar (Saratonlar) uchun unutilmas boʻladi: kimdir ishda kutilmagan muvaffaqiyatga erishishi, kimdir doimiy yashash joyini oʻzgartirishi va kimnikidadir toʻy yoki yangi oila aʼzosi paydo boʻlishi mumkin. Qisqichbaqa burji vakillari uchun 2022 yilgi eng aniq munajjimlar bashoratini oʻqing.
Qisqichbaqa burjida tugʻilganlar oʻta konservatorlar va ular uchun eng yomon bashorat - oʻz komfort zonasini tark etishlari haqidagi xabar boʻlsa kerak. Yaxshiyamki, 2022 yil homiysi, Qora suv yoʻlbarsi qanday sanada tugʻilgan boʻlmasin ular uchun butunlay boshqacha stsenariylar tayyorlab qoʻygan
Umuman olganda, Yoʻlbars 2022 yilda koʻplab burj belgilariga sodiq, ammo Qisqichbaqa yulduzi turkumi ostida tugʻilgan odamlar ayniqsa omadli boʻladi, chunki ularniyil egasi bilan bir element bilan birlashadi. Qisqichbaqa kabi, yoʻlbars ham kelayotgan yilda suv elementini ostida boʻladi.

Qisqichbaqa burjining umumiy xususiyatlari

Elementlarga qoʻshimcha ravishda, Yoʻlbars va Qisqichbaqa (22 iyun - 22 iyul) xarakterda ham oʻxshashliklar bor: Yoʻlbars - olijanob va kuchli, Qisqichbaqa ham .
Darhaqiqat, Oyning taʼsiri tufayli sezgir va hatto arazchi boʻlsalarda, Qisqichbaqalar oʻzlarining his-tuygʻularini mohirlik bilan yashira oladi va tashqi tomondan har doim xotirjam koʻrinadi. Garchi ular muvaffaqiyatsizlik yoki ayriliq tufayli uzoq tashvishlanib yursalarda. Qisqichbaqa burjida tugʻilganlar boshqalarga negativni koʻrsatmaganlari sababli, ular yaxshi va mulohazali rahbar boʻla oladilar
Sovuqqon aql kuzatuvchanlik rivojlanishiga yordam beradi - Qisqichbaqa boshqa odamlarning qalbida nima sodir boʻlayotganini juda yaxshi tushunadi, shu sabab ajoyib psixolog boʻlishi mumkin. Qisqichbaqani aldash esa oson ish emas.
Boshqalarni tinchlantirsa va ragʻbatlantirsada, Qisqichbaqa burjidagilar sirlarini hech kimga aytmaydi, maksimum ular oʻz oilalari bilan muammolarni muhokama qilishi mumkin. Shunda ham ular shunchalik xotirjam muhokama qiladilarki, hech kim ularni nimadandir tashvishlanyapti deb oʻylamaydi. Aslida, Qisqichbaqa burjidagilar shunchaki qadrli insonlarini keraksiz tashvishlardan himoya qilishga harakat qiladi.
Umuman olganda, Qisqichbaqa sodiqligi va fidoiyligi bilan ajralib turadi, u boshqalar uchun masʼuliyatni oʻz zimmasiga olishdan choʻchimaydi. Tabiatan rahbar boʻlgan qisqichbaqalar shaxsiy yoki biznes boʻladimi har qanday munosabatlarda, oʻzi qaror qabul qiladiganlardan. Ular qanday qilib oldinga intilishni, oldindan vaziyatning qanday rivojlanishini biladilar. Oʻzlarini yaxshi strateg sifatida namoyon qiladilar shuning uchun atrofidagilar, odatda, qisqichbaqa tashabbus koʻrsatsa, rozi boʻladi. Qisqichbaqalarga ishonish mumkin deb hisoblaydilar .
Jiddiy va qattiqqoʻl boʻlsalarda, Qisqichbaqalar keksalikka qadar qiziquvchan va tuygʻularga beriluvchan boʻlib qoladi. Munosabatlarda ular sezgir va gʻamxoʻr sheriklar, lekin ularning tabiiy uyatchanligi baʼzan oʻzlarini butunlay koʻrsatishga toʻsqinlik qiladi.
Agar Qisqichbaqa xafa boʻlsa, uyatchanlikdan asar ham qolmaydi - baqirmasdan turib qisqichbaqalar sovuq va quruqqina qilib ularni xafa qilganlarga hammasini shart aytishlari va butunlay hayotidan chiqarib tashlashlari mumkin. Biroq, 2022 yilda Qisqichbaqaning odamlar bilan munosabatlari ijobiy boʻladi.

Qisqichbaqa uchun umumiy munajjimlar bashorati

2022 yilda Qisqichbaqalarga Buzoq belgisida joylashgan Uran sayyorasi ijobiy taʼsir koʻrsatadi. Bu ikki belgi odatda ideal tarzda birlashtirilgan, shuning uchun Buzoq burjidagi Uran Qisqichbaqaning ishdagi yutuqlariga hissa qoʻshadi.
Baliq burjidan Qisqichbaqaga Yupiter sayyorasi taʼsir qiladi. Munajjimlar Yupiterni baxt sayyorasi deya ataydi, chunki u omad chaqiradi. Shuning uchun, yanvardan maygacha, shuningdek, dekabrda astrolog Tamara Globa Qisqichbaqalar uchun koʻplab muvaffaqiyatlarni bashorat qilmoqda va ularning barchasi toʻsatdan, eng kamida, qisqichbaqa ularni kutayotgan paytda sodir boʻladi. Biroq, shuni yodda tutish kerakki, bu shunchaki omad emas, axir qisqichbaqalar 2021 yilda qattiq va vijdonan mehnat qilgan.
Shuningdek, 2022 yil sayohat uchun qulay. 22 iyundan 1 iyulgacha tugʻilgan baʼzi Qisqichbaqalar uzoq vaqtdan beri orzu qilganidek, boshqa shahar yoki mamlakatga koʻchib oʻtishi mumkin.

Qisqichbaqa uchun moliyaviy munajjimlar bashorati

Qisqichbaqalarning moliyaviy jabhada omadi chopgan. Baʼzi qisqichbaqalar kutilmaganda merosxoʻr boʻlishlari mumkin. “Kechroq tugʻilgan” qisqichbaqalar yilning birinchi yarmida daromadning oʻsishidan xursand boʻladi - ehtimol ish haqining oshishi yoki ish joyini oʻzgartirish taklifi sabab.
Oʻz biznesini boshlashni orzu qilgan qisqichbaqalar ishonch bilan oʻz gʻoyalarini amalga oshirishlari mumkin - Yupiter va Uran ular tomonda boʻladi. Moliya sohasida eng qulay davr 1-10 iyul kunlari boʻlishi kutilmoqda - bu vaqtda Qisqichbaqalar hatto lotereya yutib olishi mumkin. Ishda oʻsish esa yanvar oyining oxirida, shuningdek avgust oyida boʻlishi mumkin.

Qisqichbaqa uchun salomatlik munajjimlar bashorati

2022 yilda Qisqichbaqa uchun munajjimlar mavsumiy shamollashdan tashqari hech qanday muammolarni bashorat qilmaydi. Va hozirgi holat yaxshilanishi mumkin: 2021 yilda koʻplab Qisqichbaqalar surunkali kasalliklarni boshdan kechirgan. 2022 yilda bu holat oʻzgaradi. Kelgusi yil yangi davolash kursini sinab koʻrish, sanatoriyga davolanish yoki shifokorni almashtirish uchun qulay

Qisqichbaqa uchun sevgi munajjimlar bashorati

Qora suv yoʻlbarsi qisqichbaqa uchun shaxsiy munosabatda ham yoqimli va kutilmagan hodisalar tayyorlagan. 2022 yilning fevral oyidan boshlab sevgi sayyorasi Venera Qisqichbaqalar hayotidagi tuygʻularga faol taʼsir koʻrsatadi. Shuning uchun, qisqichbaqalar oʻtishi kerak boʻlgan yagona qiyin davr - yanvar.
Yanvar oyida oʻtmishdagi Qisqichbaqalar qaytishi mumkin va bunda hammasi ularning oʻziga bogʻliq - faqat ushbu burj vakillarining oʻzlari hammasini qaytadan boshlash yoki munosabatlar bilan xayrlashishni hal qiladi. Ilgari koʻplab muammolarga sabab boʻlgan munosabatlarni davom ettirishga qaror qilgan qisqichbaqalar engil nafas olishlari mumkin - 2022 yil tinchlik va romantika olib keladi.
Yolgʻiz qisqichbaqa burji vakillari esa tushkunlikka tushmasligi kerak - yil davomida ularni yorqin tanishuvlar kutadi. Ushbu burjning kuchli jins vakillari orzusidagi ayolni uchratishi mumkin - ehtimol ular bir-birlarini avvalroq bilishgan, ammo endi unga boshqachanigoh bilan qaraydi. Qisqichbaqa burjidagi erkaklarga koʻpincha kuchli ayollar yoqadi, agar ular tuygʻularini bostirishga harakat qilmasa, baxtli juftlik boʻlishi mumkin.
Qisqichbaqa burjining nozik jins vakillari esa, birdan toʻy haqida gapira boshlaydigan inson bilan uchrashishlari mumkin. Aytgancha, toʻy uchun eng yaxshi vaqt yoz - iyul va avgust oylari. Oilali qisqichbaqa burji vakillari xonadonida esa yangi oila aʼzolari paydo boʻlishi mumkin.

Mavzuga oid:

2022 yil munajjimlar bashorati: Egizaklarni nimalar kutmoqda
Yoʻlbars yilida qaysi burj vakillariga muhabbat bobida omad kulib boqadi
Qaysi burj vakillari qanday kasblarda koʻproq ishlashi maʼlum boʻldi
Vanga va Nostradamus 2022 yilga nimalarni bashorat qilgan
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala