“Uzbekistan Airways” Namangandan Rossiya shaharlariga arzon chiptali parvozlarni boshlaydi

© SputnikBoing 767
Boing 767 - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 29.12.2021
31 yanvardan “Uzbekistan Airways Express” Namangandan Moskva, Perm, Samara, Omsk, Orenburg, Irkutsk, Krasnodar va Yekaterinburgga toʻgʻridan-toʻgʻri muntazam parvozlarni boshlaydi. Ular Full Economy (toʻliq iqtisodiy sinf) tamoyili asosida uchadi.
TOSHKENT, 29 dek – Sputnik. “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasi Fargʻona vodiysi aholisi orasida mashhur boʻlgan Rossiya shaharlariga yoʻnalish tarmogʻini kengaytirish maqsadida Namangan va Fargʻona aeroportlaridan foydalanadi.
2021 yilning 31 yanvardan “Uzbekistan Airways Express” havo kemalarida Full Economy (toʻliq iqtisodiy sinf) tamoyili asosida Namangandan Moskva, Perm, Samara, Omsk, Orenburg, Irkutsk, Krasnodar va Yekaterinburgga toʻgʻridan-toʻgʻri muntazam parvozlarni boshlaydi. Talab oshishi bilan Namangandan yoʻnalish tarmogʻini kengaytirish ham koʻrib chiqiladi.
“Qanot Sharq” Toshkent-Voronej yoʻnalishida charter reyslarni yoʻlga qoʻymoqda
Hozir Fargʻona aeroportidan Moskva, Qozon va Istanbulga aviaqatnovlar amalga oshirilmoqda va bu “Sharqiy” xab tashkil etilishining birinchi bosqichi boʻlib xizmat qilgan.
Keyingi bosqichlarda “Uzbekistan Airways” Fargʻonadan parvozlar sonini koʻpaytirish, aeroportdan yoʻnalish tarmogʻini kengaytirishga oʻtadi. Shu bilan birga, Fargʻonadan pavozlar faqat klassik (biznes va iqtisodiy sinflar) aviaqatnovlar asosida tashkil etiladi.

Namangandan Rossiya shaharlariga aviachiptalar narxlari

Namangan – Moskva – Namangan parvozlari haftasiga besh marta – dushanba, seshanba, chorshanba, payshanba va shanba kunlari amalga oshiriladi:
Namangan – Moskva, bagajsiz, qaytarilmaydigan aviachipta: 1 582 000 soʻmdan.
Namangan – Moskva, bagaj bilan, qaytariladigan aviachipta: 1 717 000 soʻmdan 15 kg bepul yuk tashish normasi bilan.
Namangan – Perm – Namangan, parvozlar shanba kunlari amalga oshiriladi:
Namangan – Perm, bagajsiz, qaytarilmaydigan aviachipta: 1 816 000 soʻmdan.
Namangan – Perm, bagaj bilan, qaytariladigan aviachipta: 2 023 000 soʻmdan 15 kg bepul yuk tashish normasi bilan.
Namangan – Samara – Namangan, parvozlar shanba haftasiga ikki marta – yakshanba, dushanba, chorshanba, payshanba (keyingi kunga oʻtadigan tungi parvozlar) kunlari amalga oshiriladi:
Namangan – Samara, bagajsiz, qaytarilmaydigan aviachipta: 1 728 000 soʻmdan.
Namangan – Samara, bagaj bilan, qaytariladigan aviachipta: 1 899 000 soʻmdan 15 kg bepul yuk tashish normasi bilan.
Namangan – Omsk – Namangan, parvozlar juma kunlari amalga oshiriladi:
Namangan – Omsk, bagajsiz, qaytarilmaydigan aviachipta: 1 829 000 soʻmdan.
Namangan – Omsk, bagaj bilan, qaytariladigan aviachipta: 2 036 000 soʻmdan 15 kg bepul yuk tashish normasi bilan.
Namangan – Orenburg – Namangan, parvozlar dushanba kunlari amalga oshiriladi:
Namangan – Orenburg, bagajsiz, qaytarilmaydigan aviachipta: 1 838 000 soʻmdan.
Namangan – Orenburg, bagaj bilan, qaytariladigan aviachipta: 2 046 000 soʻmdan 15 kg bepul yuk tashish normasi bilan.
Namangan – Irkutsk – Namangan, parvozlar chorshanba kunlari amalga oshiriladi:
Namangan – Irkutsk, bagajsiz, qaytarilmaydigan aviachipta: 2 053 000 soʻmdan.
Namangan – Irkutsk, bagaj bilan, qaytariladigan aviachipta: 2 297 000 soʻmdan 15 kg bepul yuk tashish normasi bilan.
Namangan – Krasnodar – Namangan, parvozlar payshanba kunlari amalga oshiriladi:
Namangan – Krasnodar, bagajsiz, qaytarilmaydigan aviachipta: 1 813 000 soʻmdan.
Namangan – Krasnodar, bagaj bilan, qaytariladigan aviachipta: 2 008 000 soʻmdan 15 kg bepul yuk tashish normasi bilan.
Namangan – Yekaterinburg – Namangan, parvozlar payshanba/juma (keyingi kunga oʻtadigan tungi parvoz) kunlari amalga oshiriladi:
Namangan – Yekaterinburg, bagajsiz, qaytarilmaydigan aviachipta: 1 869 000 soʻmdan.
Namangan – Yekaterinburg, bagaj bilan, qaytariladigan aviachipta: 2 052 000 soʻmdan 15 kg bepul yuk tashish normasi bilan.
Narxlar 2021 yil 29 dekabr holatiga koʻra amal qiladi.
Xabarda chiptalarni aviakompaniyaning rasmiy saytidan, “Uzbekistan Airways Sales” filialidan yoki aviakompaniya agentlaridan xarid qilish mumkinligi qoʻshimcha qilingan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala