Analitika

Yakunlanayotgan yil Markaziy Osiyoni qanday oʻzgartirdi

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaFlagi tsentralnoaziatskix gosudarstv
Flagi tsentralnoaziatskix gosudarstv - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 29.12.2021
Afgʻonistondagi vaziyat Markaziy Osiyo mintaqasiga qanday taʼsir koʻrsatdi, Oʻzbekistonda prezident saylovlari va mamlakat YEOIIga qoʻshilish uchun nimalar qilmoqda – batafsil maqolada.
Poyoniga yetib borayotgan 2021 yil Markaziy Osiyo uchun oddiy boʻlmadi. Mintaqa qator harbiy, siyosiy, iqtisodiy va tabiat chaqiriqlariga duch keldi. Yuzaga kelgan koʻplab muammolar kelasi yilda ham dolbzarbligicha qoladi, shu bois ular haqida mulohaza yuritish ayni muddao.
Afgʻonistonda harbiy vaziyatning birdaniga oʻzgarishi eng asosiy tahdid boʻldi. Yoz davomida NATO qoʻshinlari va afgʻon armiyasi harbiylari soni va texnika jihatdan ustunligiga qaramasdan “Tolibon”* harakatiga magʻlub boʻlib keldi. Urush yoz oyida xorijliklarning Kobuldan pala-partish olib chiqib ketish va butun dunyoga yoyilib ketgan qochoqlarning samolyotlardan qulashi lavhalari bilan yakunlandi. Shundan soʻng Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun uzoq yillar davomida ilk bor bevosita tashqi tahdid paydo boʻldi.
Aholi 39 million nafar atrofida boʻlgan chegaradosh davlat taqiqlangan tashkilot jangarilari nazorati ostiga oʻtdi. “Tolibon”*dan tashqari Afgʻoniston hududida oralarida sobiq SSSRda tugʻilganlar boʻlgan “Al-Qoida”**, “OʻIH”**, “Ansarulloh jamoati”** va qator boshqa guruhlarning bir necha ming jangarilari bor. Bu tashkilotlar Afgʻonistonni kengayish uchun makon sifati koʻrib chiqishmoqda va Markaziy Osiyo davlatlari uchun toʻgʻridan-toʻgʻri tahdiddir. Ular bir vaqtning oʻzida soʻnggi yillarda toliblar yaqindan hamkorlik qilib kelishgan.
“Jihod” davom etmoqda: ID* Oʻzbekistonga tahdid solmoqda
Qurolli mojaro yakunlariga koʻra afgʻon jangarilari soni 500 ming kamida boʻlgan va “Black Hawk” jangovar vertolyotlar, bir necha oʻnlab tanklar, artilleriyaga, jumladan, “Grand” zalp bilan otiladigan tizimlarga ega boʻlishgan. Bularning bari ularga eski rejim armiyasidan qolgan. Afgʻon armiyasi GFPning 2020 yildagi harbiy qudrat reytingida Tojikiston va Turkmaniston sezilarli ortta qoldirgan. Bundan kelib chiqadiki, uni yenggan jangarilar qoʻshnilar uchun tahdid tugʻdirishadi.

Yangi harbiy siyosat

Yangi shart-sharoitlarda mintaqa mamlakatlari xavfsizlik sohasidagi hamkorlarini uzil-kesil aniqlab olmoqlari zarur. Aʼzolar orasida Qozogʻiston, Qirgʻiziston va Tojikiston boʻlgan Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti (KXSHT) mintaqada muhim rolga ega boʻlmoqda. Qolaversa, Tashkilotning sentyabrdagi sammitiga, unda aʼzoligini qayta tiklamagan, lekin yangi shart-sharoitlarda sayʼ-harakatlarni birlashtirish zarur deb hisoblagan, Oʻzbekiston qoʻshildi.
Suriyada xalqaro terrorimzga qarshi kurashda tajribaga ega Rossiya KXSHTning asosiy kuchi boʻlib qolmoqda. Rossiya, Tojikiston va Oʻzbekiston harbiylari qatnashgan avgustdagi jangarilar hujumini qaytarish boʻyicha mashgʻulotlarda Rossiya armiyasi 72 foiz shaxsiy tarkib va 84 foiz harbiy texnikani taqdim etgan. Shuningdek, Rossiya bosh shtabi hozir afgʻon chegarasidagi harbiy infratuzilmalarni mustahkamlashda asosiy rolni oʻynamoqda.
Qaynoq Markaziy Osiyo: respublikalar harbiy kuchlarini qanday birlashtirmoqda
Amerikaning Afgʻonistondagi sharmandali magʻlubiyati mintaqada AQSH va NATO bilan harbiy hamkorlikka boʻlgan qiziqishning jadal soʻnishiga olib keldi. KXSHT mamlakatlari “Afgʻonistonda boʻlgan AQSH va boshqa NATO mamlakatlarining harbiy infratuzilmalari obʼyektlarini hamda chet el harbiylari bilan hamkorlik qilgan afgʻon fuqarolarini oʻz hududiga joylashtirishga qarshi chiqish” borasidagi qoʻshma deklaratsiyani qabul qilishdi. Amerikaning oʻz hududida harbiy obʼyektlarini tashkil etish taklifini koʻrib chiqishdan bosh tortgan Oʻzbekiston bu pozitsiyani rasman qoʻllab-quvvatladi.
Bundan tashqari, yozda NATO mamlakatlari va Markaziy Osiyo davlatlari, jumladan, Qozogʻiston va Oʻzbekiston qatnashgan, har yilgi “Dasht burguti” mashgʻulotlari bekor qilindi. Afgʻon urushi alyans kuchlarining samarasizligini koʻrsatdi. Axir afgʻon armiyasi NATOdan chetdagi ustuvor ittifoqchisi sanalgandi va AQSH koʻmagida 20 yil ichida qurilgandi. Va bu armiya bir necha oy mobaynida toliblar tomonidan tor-mor etildi.
Oʻzbekiston MOda mintaqaviy xavfsizlikni taʼminlashga koʻmaklashadi - Mirziyoyev
Bu nafaqat Markaziy Osiyo, balki butun mintaqa, muammo tugʻilganda osongina jang maydoni tashlab ketadigan Gʻarb armiyasiga suyanmagan, yangi xavfsizlik tizimiga muhtojligini koʻrsatdi.

Yillik siyosiy voqealar

Koronavirus pandemiyasi davom etgani va kuchli qurgʻoqchilikka qaramasdan, mintaqadagi 2021 yilgi siyosiy hodisalar tinch oʻtdi. Qozogʻiston, Qirgʻiziston va Oʻzbekistonda saylovlar boʻlib oʻtdi. Yanvardagi saylovlarda 80 foiz ovoz olgan yangi Qirgʻiziston prezidenti Sadir Japarovning muvaffaqiyati eng koʻzga koʻrinarli boʻldi. Uning ovozlari oʻtmishdoshi Jeenbekov 2017 yilda olgan ovozlarga qaraganda, 20 foizga va 100 mingga koʻproq boʻldi.
Shuningdek, Qirgʻiziston prezidenti uchun u taklif qilgan yangi konstitutsiya referendumi va noyabrdagi parlament saylovlari muvaffaqiyatli boʻlib oʻtdi. Koʻpchilik saylovlardan soʻng mamlakatni 2020 yil oktyabrida boʻlgani kabi tartibsizliklar toʻlqini qamrab olishidan xavotir olishgandi. Biroq qirgʻiz jamiati ayrim muxolifat partiyalarning eʼtirozlariga qaramay saylovlar natijalarini qabul qildi.
Qozogʻistondagi 2021 yil yanvaridagi parlament saylovlari murakkabroq oʻtdi. Hukmron partiya “Nur-Otan” aksariyat ovozlarni oldi, lekin 2016 yil bilan taqqoslaganda 10 band va 1 million ovozni yoʻqotdi.
Shuningdek, joriy yilda qayta saylangan Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning saylov natijasi salbiy dinamikani koʻrsatdi. 2016 yilga qaraganda u 3 millionta kamroq ovoz oldi. Qoʻllab-quvvatlashning yuqori darajasiga qaramasdan (80 foizdan ziyod) Oʻzbekistonda, qoʻshni Qozogʻistonda boʻlgani kabi, ijtimoy tanglikning oʻsishi bor va hukumat jamiyat oldida yuzaga kelayotgan muammolarni hal qilish yoʻllarini izlab topishi kerak.
Shavkat Mirziyoyev Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirishdi

Pandemiyaga qarshi kurashishning yangi davri

COVID-19 pandemiyasi mintaqa hayotida jiddiy iz qoldirdi, shuning uchun yilning eng muhim voqealaridan biri vaktsina tarqatilishi boʻldi.
Rossiyaning “Sputnik V” vaktsinasi birinchi boʻldi. U Markaziy Osiyoda test sinovlari yakunlashi bilan paydo boʻldi. Undan mintaqaning har besh respublikasida uni xarid qilib yoki insonparvarlik yordami doirasida olib foydalanilmoqda.
Rossiya vaktsinasini 114 million dollarga xarid qilgan Qozogʻiston uning eng yirik xaridori boʻldi. Qolaversa, Qaragʻandada “Sputnik V” va “Sputnik-Layt” vaktsinalari ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyilgan. “Sputnik” bilan respublikaning 80 foizdan ziyod fuqarosi, jumladan, Nursulton Nazarboyev, prezident Qasim-Jomart Toqayev, bosh vazir Askar Mamin emlangan.
Rossiyadan Oʻzbekistonga yangi turdagi vaktsina olib kelindi
“Sputnik”ni ishlab chiqarish Oʻzbekistonda ham yoʻlga qoʻyilgan, Qirgʻiziston esa yozdan buyon korxonani ochish borasida muzokaralar olib bormoqda. Boshqa mamlakatlar Rossiya vaktsinasini import koʻrinishida olishmoqda. Qolaversa, mintaqa aholisining bir qismi Rossiyada olib borilayotgan xorijliklarni emlash doirasida emlangan. Xususan, Moskva va Peterburgda xorijliklarni emlashga oid koʻplab punktlar ochilgan.
Turli davlatlarda emlanganlik toʻgʻrisidagi sertifikatlarni tan olish bilan bogʻliq masalalar hozir hal qilinmoqda, lekin “Sputnik”ning Markaziy Osiyo aholisi hayoti va xavfsizligi uchun tibbiy ahamiyatga ega ekanligi shubhasiz.
Ommaviy emlash – har bir davlatda pandemiyaga qadar hayot tarziga qaytish yoʻlidagi eng muhim davr.
Oʻzbekiston MDHga aʼzo boʻlishdan qanday afzalliklarga ega boʻldi

Hamkorlik muvaffaqiyatlari

Pandemiya, Afgʻonistondagi inqiroz, qurgʻoqchilikka qaramay 2021 yil hamkorlik rivojlanayotganini koʻrsatdi. Oʻzbekistonda “Rosatom” korporatsiyasi tomonidan AES qurilishiga tayyorgarlik koʻrilmoqda, uzoq ikkilanishdan keyin Qozogʻiston ham shunga oʻxshash loyihani oʻz hududida qoʻllab-quvvatlashga tayyorligini bildirdi.
Mintaqa mamlakatlarining Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YEOII) doirasida hamkorligi rivojlanmoqda. Yerevandagi tashkilotning navbatdagi sammitida kredit tarixlari bilan almashish toʻgʻrisidagi bitim imzolandi. Bu Ittifoqqa aʼzo mamlakatlar fuqarolarining uning hududidagi har qanday yerda kredit olishiga imkon beradi. Umumiy dori-vositalari bozori yaratish, notarif toʻsiqlarni olib tashlash va boshqa koʻplab sohalarda qoʻshimcha hujjatlar tasdiqlangan.
YEOIIga tez orada Oʻzbekiston ham qoʻshilishi mumkin. Yevroosiyo kengashining navbatdagi majlisida respublika 2022 yilda oʻzining kamida 22 ta texnik reglamentlarini birlashma andozalariga mos keltirishini bildirdi. Bundan tashqari, bosh vazir Abdulla Aripov YEOII mamlakatlariga qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetkazib berishni kengaytirishga oid qator aniq takliflarni ilgari surdi.
YEOII va Oʻzbekiston: Mirziyoyev muhim vazifalarni sanab oʻtdi
Bu har kunlik rejali va diplomatik ish terrorizm, pandemiya va dunyodagi keskinlik haqidagi noxush xabarlar ortidan ikkinchi oʻrinda qolib ketmoqda. Biroq koʻpincha bu ish mintaqa hayoti uchun eng muhim ahamiyatga ega.
* Tashkilot terrorchilik faoliyati uchun BMT sanktsiyalari ostida.
** Rossiya va qator davlatlarda taqiqlangan terrorchilik tashkilotlari
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala