Yunusoboddagi yo‘lning cho‘kishi: davlatga 4,5 mlrd so‘m zarar yetkazildi - DXX

© Sputnik / Ilya Pitalev / Mediabankka o‘tishDorojniy znak "Remont dorogi"
Dorojniy znak Remont dorogi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.12.2021
Obuna bo‘lish
Ahmad Donish ko‘chasidagi yo‘lning cho‘kish holati yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
TOShKENT, 29 dek — Sputnik. Ahmad Donish ko‘chasidagi yo‘lning cho‘kish holati yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
© Telegram-kanal "Xavfsizlik"Obval avtodorogi v Tashkente
Obval avtodorogi v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.12.2021
Obval avtodorogi v Tashkente
Joriy yilning mart oyida Toshkent shahrining Yunusobod tumanidagi Ahmad Donish ko‘chasidagi avtomobil yo‘lining 500 metr qismida 40-50 sm.gacha cho‘kish holati yuzaga kelganligi tufayli, ushbu hududda transport vositalarining harakati vaqtincha cheklangan edi.
Davlat xavfsizlik xizmati hamda prokuratura organlarining o‘rganishicha, mutasaddi tashkilotlar tomonidan "Yunusobod-Turkiston" yer osti metro konstruksiyasining atrofini va yon qismlarini tuproq bilan qayta to‘ldirish va zichlash ishlari sifatli bajarilmaganligi, texnik nazorat talab darajasida olib borilmaganligi hamda avtomobil yo‘lini rekonstruksiya qilishda loyihalashtirish ishlari noto‘g‘ri olib borilganligi sababli yuqoridagi cho‘kish holati yuzaga kelib, natijada davlatga 4,5 mlrd. so‘m miqdorida zarar yetkazilgan.
Hozirda holat bo‘yicha Toshkent metropoliteni liniyalarini qurish direksiyasi va Toshkent shahar hokimligi Yagona buyurtmachi xizmati injiniring kompaniyasi mansabdor shaxslariga nisbatan Jinoyat kodeksining 207-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0