Siyosat

Adliya vaziriga yangi oʻrinbosar tayinlandi

© Foto: Minyust UzbekistanaAktam Muxammadiyev
Aktam Muxammadiyev - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 30.12.2021
Toshkent viloyat adliya boshqarmasi boshligʻi lavozimida faoliyat yuritgan Aktam Muhammadiyev adliya vaziriga oʻrinbosar boʻldi.
TOSHKENT, 30 dek – Sputnik. Prezident qarori bilan Aktam Muhammadiyev adliya vazirining oʻrinbosari etib tayinlandi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar bermoqda.
Muhammadiyev 1977 yilda Qashqadaryo viloyatining Kitob tumanida tugʻilgan, maʼlumoti oliy. 1999 yilda Toshkent davlat yuridik instituti bakalavriat, 2001 yilda magistratura bosqichini tamomlagan, mutaxassisligi huquqshunos.
U oʻz mehnat faoliyatini 2001 yilda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining yetakchi maslahatchisi lavozimidan boshlab, vazirlikning turli masʼul lavozimlarida ishlagan.
Farrux Omonov prezident administratsiyasi shoʻʼba mudiri etib tayinlandi
2017 yildan bugungi kunga qadar Toshkent viloyat adliya boshqarmasi boshligʻi lavozimida faoliyat yuritgan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala