Jamiyat

Chet elga chiqish taqiqini aniqlash osonlashdi

© Unsplash / Luis VillasmilMobilnыy telefon v ruke mujchinы
Mobilnыy telefon v ruke mujchinы - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 30.12.2021
Besh turdagi davlat xizmatidan mobil aloqa orqali USSD soʻrovi yordamida foydalanish imkoniyati yaratildi.
TOSHKENT, 30 dek – Sputnik. Endi oʻzbekistonliklar xorijga chiqishga taqiqni telefon orqali bilib olishlari mumkin. Bu haqda Davlat xizmatlari agentligi (DXA) matbuot xizmati xabar bermoqda.
Taʼkidlanishicha, besh turdagi davlat xizmatidan mobil aloqa orqali USSD soʻrovi yordamida foydalanish imkoniyati yaratilgan.
Quyidagi xizmatlardan bir telefon tugmasi orqali foydalanish mumkin:
bogʻchaga navbat
ijro hujjati boʻyicha qarz
kadastr obʼyektiga taqiq
xorijga chiqish taqiqi
tadbirkorlar maʼlumoti.
Bu maʼlumotlarini avtomatik tarzda, navbatsiz va arizasiz olish mumkin.
Buning uchun telefon orqali *1148# USSD soʻrovini yuborish va menyudan kerakli xizmat turini tanlash kifoya. Soʻrov narxi 49 soʻmni tashkil etadi.
Xizmat hozirda sinov tariqasida yoʻlga qoʻyilgan. Xizmatlar soni bosqichma-bosqich oshirib boriladi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala