Siyosat

Narzullo Oblomurodov nomzodi Ekologiya qoʻmitasi raisligiga maʼqullandi

© Foto: Zakonodatelnoy palatы UzbekistanaNarzullo Oblomurodov
Narzullo Oblomurodov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 30.12.2021
Ekologiya qoʻmitasi raisi lavozimi 4 oydan buyon vakant edi. Sobiq rais Alisher Maqsudov avgust oyida prezident tanqididan soʻng ishdan olingandi.
TOSHKENT, 30 dek – Sputnik. Narzullo Oblomuradov Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi raisi lavozimiga maʼqullandi. Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi xabar berdi.
Deputatlar 30 dekabrda boʻlib oʻtgan navbatdagi majlisda uning nomzodini Ekologiya qoʻmitasi raisligiga koʻrib chiqib maʼqullashgan.
Oblomurodov shu yil fevralidan buyon Oʻzbekiston Ekologik partiyasi Markaziy kengashi Ijroiya qoʻmitasi raisi boʻlib ishlab kelayotgan edi.
U oktyabrdagi prezident saylovida ushbu partiyaning nomzodi sifatida ishtirok etib, saylovchilarning 4,1 foiz ovozini olgan edi.
Ekoqoʻmitaning sobiq rahbari Alisher Maqsudov avgust oyida prezident tanqididan soʻng lavozimidan ozod etilgan edi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala