Hodisalar

Niqob taqish bekor boʻlganini aytgan YPX xodimiga nisbatan xizmat tekshiruvi oʻtkazilmoqda

© Pixabay / Meditsinskiy gradusnik i zaщitnaya maska, arxivnoye foto
Meditsinskiy gradusnik i zaщitnaya maska, arxivnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 30.12.2021
Ohangaronda toʻxtatilgan mashinada yoʻlovchisi YPX xodimi tibbiy niqob taqmaganligiga eʼtiroz bildirgan. Xodim esa unga tibbiy niqob taqish bekor qilinganligini aytgan.
TOSHKENT, 30 dek – Sputnik. Niqob taqish bekor boʻlganini aytgan YPX xodimiga nisbatan xizmat tekshiruvi oʻtkazilmoqda. Bu haqda Yoʻl harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi (YHXBB) matbuot xizmati xabar bermoqda.
Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda YPX xodimi mamlakatda 1 noyabrdan tibbiy niqob taqish bekor qilinganini aytgan video tarqalgan edi.
YHXBB xabariga koʻra, voqea 30 dekabr kuni soat 10:30 larda Toshkent viloyati, Ohangaron tumani hududidan oʻtuvchi A-373 avtomobil yoʻlida roʻy bergan. YPX xodimi I.Husanov “Lacetti” haydovchisini toʻxtatgan.
Oʻzaro muloqot jarayonida mashinadagi yoʻlovchi YPX xodimi niqob taqmaganligiga eʼtiroz bildirgan. Xodim esa tibbiy niqob taqish bekor qilinganligini taʼkidlab, fuqaroga notoʻgʻri maʼlumot bergan.
Xabarda respublika maxsus komissiyasi tomonidan tibbiy niqobni taqib yurish majburiy emasligi boʻyicha hech qanday qaror eʼlon qilinmagani urgʻulangan.
Hozirda YPX xodimiga nisbatan xizmat tekshiruvi oʻtkazilmoqda.
Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekistonda jamoat joylarida niqobsiz yurish oʻtgan yilning mart oyidan boshlab taqiqlangan edi. Niqobsiz yurganlar 1,25 mln soʻm miqdorda jarimaga tortilishi mumkin.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala