Jamiyat

Olti oy ichida ilk bor koronavirusdan oʻlim qayd etilmadi - SSV

© Sputnik / Natalya Gorshkova / Fotobankka oʻtishMeditsinskiy sotrudnik podgotavlivayet shprits dlya vaktsinatsii posetiteley
Meditsinskiy sotrudnik podgotavlivayet shprits dlya vaktsinatsii posetiteley  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 30.12.2021
Dekabr oxirida koronavirusga yangi chalinganlar soni 143 nafarni, tuzalib ketganlar 124 nafarni tashkil qildi.
TOSHKENT, 30 dek - Sputnik. Oʻzbekistonda 29 dekabr kuni soʻnggi 6 oy ichida ilk bor koronavirusdan oʻlim holati qayd etilmadi, deb xabar qilmoqda SSV.
Oʻzbekistonda 29 dekabr kuni jami 143 nafar koronavirusga chalinish holatlari aniqlangan:
12 tasi — Andijon, 10 tasi — Buxoro, 5 tasi — Jizzax, 1 tasi — Navoiy, 5 tasi — Namangan, 11 tasi — Samarqand, 2 tasi — Sirdaryo, 1 tasi — Surxondaryo, 8 tasi — Fargʻona, 13 tasi — Xorazm, 40 tasi — Toshkent viloyati, 35 tasi — Toshkent shahrida qayd etilgan. Hududlarda kecha 124 nafar bemor sogʻaydi. Jami bemorlar — 198 769, sogʻayganlar — 195 840.

Emlash dinamikasi

Bugungi kunda Oʻzbekistonda emlanganlar soni quyidagicha:
1-bosqich emlanganlar 18 813 625 nafar;
2-bosqichda emlanganlar 13 419 790 nafar;
3-bosqich emlanganlar 6 803 387 nafar.
Emlanishi rejalashtirilgan aholining 87,7 % - birinchi doza, va 62,6 % ikkinchi doza vaktsina bilan emlangan. Jami qoʻllanilgan vaktsinalar soni 39 milliondan oshgan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala