Jamiyat

Oʻzbekiston janubida qadimiy davrlarga oid yodgorlik topildi – foto

Sherobod tumanidagi Koʻxitang togʻida oʻrta paleolit davriga oid yangi yodgorlikni aniqlandi.
TOSHKENT, 30 dek – Sputnik. Surxondaryo viloyati Sherobod tumanida arxeologik tadqiqotlar olib borilganda paleolit davriga oid yodgorlik topildi, deya xabar qildi Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi matbuot xizmati.
Sherobod tumanidagi Koʻhitangtogʻ togʻ tizmasi hududida 25 noyabrdan 5 dekabrgacha Milliy arxeologiya markazi xodimlari dala tadqiqotlari oʻtkazilgan
Taʼkidlanishicha, Koʻhitang togʻining ichki qismida tor daralar mavjud boʻlib, ularda geologik jarayonlar natijasida koʻplab gʻor va ungurlar shakllangan. Ularning biridan qadimgi davrda ibtidoiy odam ajdodlari mavsumiy boshpana sifatida foydalangan.
Dastlabki kuzatuvlar natijasida yodgorlik yer sathidan koʻplab tosh uzaklar, ularning parchalari, uchrindi va plastinalar hamda qurollar yigʻib olingan.
Yodgorlik madaniy qatlamlari holatini aniqlashtirish uchun 1x2 metr hajmida shurf qazilgan. Qazuv ishlari yer sathidan yarim metr chuqurlikda qoyatosh yotqiziqlarida toʻxtatilgan. Qazuv ishlari natijasida yodgorlik bitta madaniy qatlamdan iborat ekani aniqlangan.
Madaniy qatlam kul va kuyindi qoldiqlari bilan qoplangan qoramtir, mayda tarqoq tuproqdan tarkib topgan boʻlib, unda ham koʻplab tosh buyumlar va yovvoyi hayvon suyak qoldiqlari topilgan.
Ushbu yodgorlik hududda ilgari topib oʻrganilgan Teshiktosh yodgorligiga xronologik va madaniy jihatdan oʻxshashligi maʼlum boʻlgan. Yodgorlikdan topilgan tosh buyumlar oʻrta paleolit davriga tegishli boʻlib, toshga ishlov berish texnikasi va tosh buyumlar madaniy jihatdan aynan Teshiktosh yodgorligi anʼanalarini takrorlashi aniqlangan.
Fanlar akademiyasi Milliy arxeologiya markazi xodimlari mazkur yodgorlikda tadqiqot ishlarini davom ettirishni rejalashtirmoqda.
© Akademiya nauk Respubliki UzbekistanKamennыe fragmentы iz istoricheskogo pamyatnika vremen srednego paleolita v Surxandarinskoy oblasti
Kamennыe fragmentы iz istoricheskogo pamyatnika vremen srednego paleolita v Surxandarinskoy oblasti - Sputnik Oʻzbekiston
1/4
Kamennыe fragmentы iz istoricheskogo pamyatnika vremen srednego paleolita v Surxandarinskoy oblasti

2/4

3/4

4/4

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala