Jamiyat

Oʻzgidromet bayram kunlarida kutilayotgan ob-havo haqida maʼlumot berdi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovGlavnaya Yelka Uzbekistana 2021 god
Glavnaya Yelka Uzbekistana 2021 god - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 30.12.2021
1-3 yanvar kunlari respublikaning ayrim hududlarida vaqti-vaqti bilan biroz yogʻingarchilik boʻladi.
TOSHKENT, 30 dek – Sputnik. Yakunlanayotgan 2021 yilning soʻnggi kunlarida Oʻzbekistonning barcha hududlarida quruq va iliq ob-havo boʻlishi kutilmoqda, deb xabar qiladi Oʻzgidromet.
Kechalari havo harorati +0..+5 daraja iliq, kunduz kunlari esa +10...+15 daraja iliq atrofida boʻladi.
Yangi yilning dastlabki kunlari, 1-3 yanvar kunlari respublikaning ayrim hududlarida vaqti-vaqti bilan biroz yogʻingarchilik boʻladi.
Yangi yil kuni qor yogʻadimi
4 yanvar kuni mamlakat hududining aksariyat qismida yomgʻir yogʻadi. Kechalari havo harorati +2...+7 daraja iliq, kunduz kunlari 1-3 yanvarda +10...+15 daraja iliq, 4 yanvarda esa +5...+10 daraja iliq atrofida boʻladi.
Shu kunlari faqat respublikaning togʻli hududlarida qor yogʻadi. 4 yanvarda baʼzi joylarda kuchli qor yogʻishi mumkin.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala