Jamiyat

Propiska uchun taqdim etiladigan hujjatlar soni qisqartirildi

© Sputnik / StringerUzbekskiy pasport
Uzbekskiy pasport - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 30.12.2021
Oʻzbekiston fuqarolarini doimiy yashash joyi va vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.
TOSHKENT, 30 dek – Sputnik. Oʻzbekistonda propiska uchun taqdim qilinadigan hujjatlar roʻyxatidan uy-joy hujjatlari chiqarib tashlandi. Bu haqda Hukumatning tegishli qarori qabul qilindi.
Fuqarolarni doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olish, bekor qilish va vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olish xizmatlari migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlinmalari, davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona ijtimoiy davlat xizmatlari portali orqali amalga oshiriladi.
Doimiy roʻyxatga olish rasmiylashtirilganda QR-kod bilan himoyalangan qayd varagʻi beriladi.
Fuqaroning doimiy roʻyxatga olinishini bekor qilish asoslari belgilandi:
bir manzildan boshqa manzilga roʻyxatga olinganda;
mulkdor arizasiga koʻra;
mulkdor oʻzgarganda;
sudning fuqaroni uy-joydan foydalanish huquqini yoʻqotgan, shasxni bedarak yoʻqolgan deb topish va koʻchirish haqidagi qarori asosida;
fuqaro xorijga doimiy yashashga ketganida;
soxta hujjatlar asosida roʻyxatga olinganlik aniqlanganda;
umrbod ozodlikdan mahrum etilganda;vafot etganda.
Ushbu nizom Toshkent shahri va Toshkent viloyati uchun tatbiq etilmaydi.
Eslatib oʻtamiz, soʻnggi yillarda Oʻzbekistonda propiska tizimi tubdan isloh qilindi. Xususan, 2020 yil 1 apreldan Toshkent shahri va viloyatida koʻchmas mulkka ega boʻlishda fuqarodan propiska talab etilmaydi. 2020 yil 1 sentyabrdan Toshkent shahri va Toshkent viloyatida propiskani onlayn rasmiylashtirish mumkin boʻldi.

Mavzuga oid:

“Propiska” soʻzi qonunchilikdan butkul chiqarib tashlanadi
Oʻzbekiston fuqarosisizlar, nega poytaxtda yashash mumkin emas - Mirziyoyev "propiska" haqida
Doimiy propiska olishi mumkin boʻlgan shaxslar roʻyxati kengaytirildi
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala