Reklama va lotoreyalar cheklanadi va tartibga solinadi - yangi qonun

© Sputnik / Vitaliy Belousov / Mediabankka o‘tishDemontaj reklami
Demontaj reklami - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.12.2021
Obuna bo‘lish
Yangi qonunning asosiy maqsadi - reklama ishlab chiqarish, tarqatish va joylashtirish bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga solish.
TOShKENT, 30 dek - Sputnik. O‘zbekistonda reklama ishlab chiqaruvchi, tarqatuvchi va undan manfaatdor bo‘lgan shaxslar huquq va majburiyatlari aniq belgilanmoqda, reklama va lotoreya o‘yinlari o‘tkazishla qator cheklovlar kiritilmoqda.
Bu haqida O‘zbekiston Respublikasining “Reklama to‘g‘risida”gi qonunining yangi tahririda aytib o‘tilgan. Ushbu qonun loyihasi 28-dekabr kuni Oliy Majlisda muhokama qilindi va uning yangi tahriri qabul qilindi.
Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi tomonidan ishlab chiqilgan mazkur qonun loyihasining asosiy o‘zgarishlari quyidagilardan iborat:
OAVlar uchun berilayotgan reklama miqdoriga cheklov o‘rnatilgan. Xususan, teleradiotashkilotlar uchun reklama joylashtirishga ajratilgan vaqt har bir soatiga 20 %dan oshmasligi belgilanmoqda va boshqa talablar liberallashtirilmoqda;
Telekommunikatsiyalar xizmatlarini ko‘rsatish chog‘ida reklamani tarqatishga faqat abonentning oldindan roziligi bo‘lsagina yo‘l qo‘yilishi belgilanmoqda.
Reklamaning aylanishi sohasini tartibga solish bo‘yicha Hukumat, vakolatli davlat organi, mahalliy hokimlik va nodavlat tashkilotlarning vakolatlari belgilanmoqda.
Rag‘batlantiruvchi aksiyalarni tashkil etish va o‘tkazishga hamda ularni reklamasiga doir aniq tartib o‘rnatilmoqda;
Tashqi reklamani joylashtirish munosabatlariga oid talablarni belgilovchi 4 ta moddadan iborat alohida bob kiritilmoqda.
Internet jahon axborot tarmog‘i vositasida tarqatiladigan reklamani tartibga soluvchi yangi talablar kiritilmoqda.
Dori vositalari, biologik faol qo‘shimchalar, energetik ichimliklar, xalq tabobati tovarlari, alkogol va tamaki mahsulotlari reklamasiga doir talablar takomillashtirilmoqda.
Reklama davlat tilida tarqatilishi, bunda reklama mazmunining tarjimasi uning O‘zbekiston Respublikasi davlat tilidagi asosiy ma’nosini buzmagan holda qo‘shimcha ravishda takror berilishi mumkinligi o‘rnatilmoqda.
Qimor o‘yinlari va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlar reklamasiga yo‘l qo‘yilmaydi;
Reklama to‘g‘risidagi qonunni buzganlik uchun yuridik shaxslarga nisbatan sud tartibida moliyaviy sanksiyalar qo‘llaniladi.
Xabarda aytilishiga ko‘ra, yangi qonunning maqsadi O‘zbekiston hududida reklama sahasini tartibga solish, voyaga yetmaganlarni reklamadan himoya qilish hamda tadbirkorlik va iste’mol madaniyatini takomillashtirishdir.
Shu bilan bir vaqtda, respublikada reklama faoliyati va reklama bozorini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratishdan iborat.
Yangiliklar lentasi
0