Iqtisod

UzAuto Ozarbayjonda avtomobil yigʻishni yoʻlga qoʻydi - video

© UzAuto MotorsV Azerbaydjane zapustili sborku avtomobiley Chevrolet Damas, Labo, Lacetti, Tracker i Malibu
V Azerbaydjane zapustili sborku avtomobiley Chevrolet Damas, Labo, Lacetti, Tracker i Malibu - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 30.12.2021
UzAuto Ozarbayjonda Damas, Labo, Lacetti Tracket va Malibu modellarini avtomobillarini yigʻishni yoʻlga qoʻydi.
TOSHKENT, 30 dekabr – Sputnik. Ozarbayjonning Boku shahrida joylashgan "Hajigabul" sanoat kvartali 28 dekabr kuni “UzAuto Motors”ning ishlab chiqarish liniyasi ikkinchi bosqichiga oʻtdi. Endi korxonada – Damas, Labo, Lacetti Tracket va Malibu avtomobillarini yigʻish yoʻlga qoʻyildi, deb xabar qilmoqda
© UzAuto MotorsV Azerbaydjane zapustili sborku avtomobiley Chevrolet Damas, Labo, Lacetti, Tracker i Malibu
V Azerbaydjane zapustili sborku avtomobiley Chevrolet Damas, Labo, Lacetti, Tracker i Malibu - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 30.12.2021
V Azerbaydjane zapustili sborku avtomobiley Chevrolet Damas, Labo, Lacetti, Tracker i Malibu
Ishlab chiqarish “Azermash SP” MCHJ zavodi quvvatlarida yoʻlga qoʻyilgan boʻlib, bu yerda joriy yilning sentyabr oyidan buyon Nexia va Cobalt avtomobillari ishlab chiqarilayotgan edi. Barcha mahsulotlar General Motors tomonidan oʻrnatilgan standartlarga muvofiq ishlab chiqariladi.
Korxona 2022 yil oxiriga kelib, yiliga kamida 5000 ta avtomobil ishlab chiqarish quvvatiga erishish rejalashtirilgan. Loyiha tomonlar oʻrtasida 2021 yil 21 iyulda imzolangan kelishuv tufayli amalga oshirildi.
Eslatib oʻtamiz, “UzAuto Motors” Qozogʻistonda ham avtomobillar ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻygan. Xususan Kostanay shahrida joylashgan "SarыarkaAvtoProm" korxonasida ham Nexia, Cobalt, Tracker, Malibu, Damas, Labo va TrailBlazer avtomobillarini ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻygan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala