Afg‘oniston bilan "Surxon–Puli-Xumri" loyihasi davom ettiriladi

© press-slujba NES UzbekistanaVozobnovleni peregovori c Afganistanom o prodoljenii stroitelstva LEP
Vozobnovleni peregovori c Afganistanom o prodoljenii stroitelstva LEP - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 31.12.2021
Obuna bo‘lish
"Da Afghanistan Breshna Sherkat" kompaniyasining bosh direktori boshchiligida Afg‘oniston delegatsiyasi Toshkentga keldi.
TOShKENT, 31 dek — Sputnik. O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari (MET) va Afg‘onistonning Da Afghanistan Breshna Sherkat (DABS) kompaniyasi O‘zbekistondan Afg‘onistonga elektr energiyasini yetkazib berish hajmini oshirish uchun yuqori voltli "Surxon-Puli-Xumri" elektr uzatish liniyasi qurilishini qayta tiklash bo‘yicha muzokaralarga kirishdi. Bu haqda MET matbuot xizmati xabar qildi.
25−30 dekabr kunlari DABS rahbariyati va Afg‘oniston muvaffaq hukumati vakillari Toshkentga tashrif buyurdi. Tashrifdan ko‘zlangan maqsad "500 kVli Surxon-Puli-Xumri" investitsiya loyihasini muhokama qilishdan iborat edi.
METdan qayd etilishicha, loyiha doirasida kompaniyaning o‘z mablag‘lari hisobidan 500 kV kuchlanishli "Surxon" podstansiyasidan o‘zbek-afg‘on chegarasi (Amudaryo darosi)gacha 45 kilometr uzunlikdagi 500 kV elektr uzatish tarmog‘i qurib bitkazilgan. Afg‘oniston hududida loyihaning 201 kilometr uzunlikdagi qismining qurilish-montaj ishlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
O‘zbekiston va Afg‘oniston qator sohalardagi yirik loyihalarni muhokama qildi
Eslatib o‘tamiz, “Surxon–Puli-Xumri elektr uzatish tarmog‘i qurilishi"investitsiyaloyihasi O‘zbekistonprezidentining2018 yil 18-fevraldagi qarori asosida amalga oshirilmoqda.
2020 yilning oktabrida Osiyo taraqqiyot banki Afg‘onistonning avvalgi hukumatiga "Surxon — Puli-Xumri" EUL qurilishi uchun 110 mln dollar ajratgan edi.
"Surxon – Puli-Xumri" elektr uzatish liniyasi dastlabki qiymati 150 million dollar bo‘ladi va undan 32 millioni O‘zbekiston ichida amalga oshiriladigan ishlar uchun qolgan 118 millioni Afg‘onistonda bajariladigan ishlarga sarflanadi. Elektr uzatish liniyasi uzunligi qariyb 260 kilometrni tashkil qiladi, undan 45 kilometri O‘zbekiston hududi bo‘ylab, 215 kilometri – Afg‘oniston hududi bo‘ylab o‘tadi.
Afg‘onistonda O‘zbekistondan kelgan elektr tarmog‘ida nosozliklar yuzaga kelgani aytilmoqda
Loyiha o‘zini qoplash muddati – 12-yil, o‘tkazish quvvati – 1000 MVt. Ya’ni undan qo‘shni mamlakatga kuniga 24 mln Vt/soat, yiliga esa 6 milrd kVt/soat energiya yetkazib berish mumkin.
Yangiliklar lentasi
0