Jamiyat

Bayram kunlarida emlanish punktlarining ish tartibi qanday boʻladi

© Sputnik / Aleksandr Kryajev / Fotobankka oʻtishMeditsinskiy rabotnik delayet privivku ot koronavirusa
Meditsinskiy rabotnik delayet privivku ot koronavirusa - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 31.12.2021
Oʻzbekistonda Yangi yil bayrami kunlari emlanish punktlari ishlamaydi.
TOSHKENT, 31 dek — Sputnik. Yangi yil bayrami kunlari koronavirusga qarshi emlanish punktlari ishlamaydi.
Innovatsion rivojlanish vazirligi matbuot xizmati xabariga koʻra, mehmondorchiliklar koʻpayib ketishi sababli odamlar parhezga eʼtiborsizlik bilan qarashlari va spirtli ichimliklar isteʼmol qilishlari mumkin. Bu esa vaktsina olish shartlariga zid.
“Shuning uchun emlanish punktlari yangi yilda oʻz faoliyatini 2022 yil 5 yanvardan boshlaydi”, - deyilgan xabarda.
Taʼkidlanishicha, zaruriyat tugʻilganda fuqarolar poliklinikalarda vaktsina olishi mumkin.
Oʻzbekiston Rossiya yaratayotgan koronavirusga qarshi bolalar vaktsinasiga qiziqish bildirmoqda
Soʻnggi taqdim etilgan maʼlumotlarga koʻra, shu kunga qadar Oʻzbekistonda jami 39,2 million dozadan ortiq vaktsinadan foydalanilgan.
Emlanishi rejalashtirilganlarning 87,8 foizi (18,8 mln kishi) vaktsinaning birinchi dozasini olishga ulgurishgan, 63,1 foizi (6,8 mln kishi) esa toʻliq emlanib boʻlgan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala