Bayram kunlarida tibbiyot muassasalari qanday ishlaydi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaStroitelstvo spetsializirovannoy mnogoprofilnoy bolnisi v Zangiatinskom rayone Tashkentskoy oblasti
Stroitelstvo spetsializirovannoy mnogoprofilnoy bolnisi v Zangiatinskom rayone Tashkentskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 31.12.2021
Obuna bo‘lish
31 dekabr–4 yanvar kunlari davolash-profilaktika muassasalarida 40 ming nafar tibbiyot xodimi navbatchilik asosida aholiga xizmat ko‘rsatadi.
TOShKENT, 31 dek — Sputnik. O‘zbekistonda bayram kunlarida ham tibbiyot muassasalari 24 soat davomida faoliyat ko‘rsatadi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar qildi.
31 dekabr–4 yanvar kunlari quyidagi davolash-profilaktika muassasalarida 40 ming nafar tibbiyot xodimi navbatchilik asosida aholiga xizmat ko‘rsatadi:
995 ta oilaviy poliklinika;
858 ta oilaviy shifokor punkti;
tuman, viloyat va respublika miqyosidagi barcha shifoxonalar;
ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari;
tibbiyot oliy o‘quv yurtlari klinikalari.
Shuningdek, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi, uning hududlardagi 13 ta filiali hamda 180 ta aholi punktida joylashgan subfiliallarida 24 soat davomida navbatchi shifokor va hamshiralar faoliyat yuritadi. Ushbu muassasalar zarur dori-darmonlar bilan ta’minlanib, zaxira o‘rinlari yaratilgan.
SSV shifoxonalardagi ortiqcha qog‘ozbozlikni qisqartirishga kirishdi
O‘zbekiston bo‘ylab 2861 ta tez tibbiy yordam brigadasi aholidan bo‘ladigan chaqiriqlar uchun doimo shay holatda turadi. Bayram kunlari 238 ta tug‘ruq muassasasi ham uzluksiz faoliyat ko‘rsatadi.
Sanitariya-epidemiologiya xizmatining markaziy apparati va hududlardagi 14 ta boshqarma hamda 203 ta aholi punktida joylashgan bo‘limlarida ham 24 soat davomida 200 nafardan ziyod navbatchi shifokor, qariyb 200 nafarga yaqin vrach-laborant va yordamchi xodimlar o‘z faoliyatini davom ettiradi.
Yangiliklar lentasi
0