Siyosat

Prezident 2022 yil nomini eʼlon qildi

Shavkat Mirziyoyev - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 31.12.2021
Davlat rahbari yangi yilga nom berishda keng jamoatchilikning fikrlari oʻrganilganini taʼkidladi.
TOSHKENT, 31 dek — Sputnik. Oʻzbekistonda 2022 yil "Inson qadrini ulugʻlash va faol mahalla yili" deb eʼlon qilindi.
Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev Yangi yil munosabati bilan Oʻzbekiston xalqiga yoʻllagan tabrigida maʼlum qildi.
Prezident yangi yilga nom berishda keng jamoatchilikning fikrlarini oʻrganilganini bildirdi.

“Ana shu takliflardan kelib chiqib, men Yangi – 2022 yilni mamlakatimizda "Inson qadrini ulugʻlash va faol mahalla yili" deb eʼlon qilishni taklif etaman. Inson qadrini ulugʻlash – yurtimizda yashayotgan har bir odamning huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlarini taʼminlash demakdir" - dedi prezident.

U bu borada jamiyat asosi boʻlgan mahalla hal qiluvchi oʻrin tutishi, mahalla tinch boʻlsa, yurt tinch boʻlishini taʼkidladi.
"Mahalla obod boʻlsa, mamlakat obod boʻladi. Shu bois, bundan buyon har bir mahallada samarali ish olib borish faoliyatimizning bosh mezoniga aylanadi", - deya qoʻshimcha qildi Shavkat Mirziyoyev.
Prezident yilni nomlash boʻyicha taklifini birinchi marotaba Yangi yil arafasida eʼlon qilmoqda. Oldingi yillar bu taklif parlamentga murojaat davomida bildirilayotgan edi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala