Iqtisod

Prezident 2022 yildagi iqtisodiyot sohasining vazifalarini koʻrsatib oʻtdi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 31.12.2021
Joriy yilda yalpi ichki mahsulot 7 foizga oʻsgan. Inflyatsiya darajasi 10 foizdan past boʻlgan.
TOSHKENT, 31 dek — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev oʻtkazgan videoselektor yigʻilishida kelgusi yilda ham iqtisodiyotning barqaror oʻsishini taʼminlash boʻyicha vazifalar koʻrsatib oʻtildi.
Davlat rahbari matbuot xizmati xabariga koʻra, joriy yilda yalpi ichki mahsulot 7 foizga, sanoat 9,5 foizga, xizmatlar 20 foizga, qurilish sohasi 6 foizga, qishloq xoʻjaligi 4 foizga oʻsgan. Inflyatsiya darajasi 10 foizdan past boʻlgan.
Eksport hajmi 16,5 milliard dollarni tashkil etib, oʻtgan yilga nisbatan qariyb 1,3 milliard dollarga oshgan.
Xususan, 2022 yilda yalpi ichki mahsulot va sanoatni 7 foizdan yuqori, xizmatlarni qariyb 30 foizga oshirish maqsad qilingan.
Mirziyoyev yangi yilning boshidanoq, barcha tarmoq va hududlar tizimli ishlab, bu maqsadlarga erishish uchun mustahkam zamin yaratish kerakligini taʼkidladi.
2022 yilda Oʻzbekiston iqtisodiyotini nima kutmoqda - ekspert fikri
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala