Siyosat

Vladimir Norov tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari etib tayinlandi

© Sputnik / Fotobankka oʻtishVladimir Norov
Vladimir Norov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 31.12.2021
Vladimir Norov bunga qadar 2019−2021 yillarda Shanxay hamkorlik tashkiloti bosh kotibi lavozimida ishlagan.
TOSHKENT, 31 dek — Sputnik. Prezidentning 30 dekabrdagi qarori bilan Vladimir Norov tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari etib tayinlandi. Bu haqda 31 dekabr kuni TIV hayʼati yigʻilishida eʼlon qilindi.
Vladimir Norov bunga qadar 2019−2021 yillarda Shanxay hamkorlik tashkiloti bosh kotibi lavozimida ishlagan. U Favqulodda va Muxtor elchi diplomatik darajasiga ega.
Avvalroq 2020 yildan buyon tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari boʻlgan Farhod Arziyev mamlkatning Xitoydagi elchisi etib tayinlangan edi.
Norov 1955 yilda Buxoroda tugʻilgan. Buxoro pedagogika institutini bitirgan.
U 2017—2019 yillarda Oʻzbekiston prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti direktori lavozimida ishlagan.
U turli yillarda tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari, vazirning birinchi oʻrinbosari va vazir, prezidentning davlat maslahatchisi, Oʻzbekistonning Belgiyadagi elchisi va boshqa lavozimlarda faoliyat koʻrsatgan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala