Dunyoda

Xavfsizlik kafolatlari va sanktsiyalar: Putin va Bayden nima haqida suhbatlashishdi

© Sputnik / Aleksey Nikolskiy / Fotobankka oʻtishPrezident RF Vladimir Putin
Prezident RF Vladimir Putin - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 31.12.2021
Rossiya va Amerika prezedentlarining Yangi yil oldidan boʻlib oʻtgan telefon suhbati 50 daqiqa davom etdi.
TOSHKENT, 31 dek — Sputnik. 30 dekabr kuni tunda Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Amerika prezidenti Jo Baydenning telefon orqali suhbati boʻlib oʻtdi. Ikki davlat rahbarlarining suhbati 50 daqiqa davom etdi.
Rossiya prezidenti yordamchisi Yuriy Ushakov davlat yetakchilarining telefon suhbatini aniq va mazmunli deb atadi.
“Bizning umuman olganda bugun boʻlib oʻtgan muzokaralardan koʻnglimiz toʻldi, chunki ular ochiq, mazmunli, aniq xususiyatga ega boʻldi”, - dedi u Putin va Bayden suhbatlari yakuniga boʻyicha. Uning soʻzlaridan RIA Novosti iqtibos keltirgan.
Uning soʻzlariga koʻra, suhbat yoʻnalishi “yetarlicha konstruktiv boʻlgan”. Ushakov Putin va Bayden telefon suhbati davomida ikki tomonlama munosabatlarning barcha asosiy mavzulariga toʻxtalishganini taʼkidladi. Muloqot mohiyatli boʻlgan.
Rossiya prezidenti yordamchini Amerika tomoni Moskva tomonidan topshirilgan xavfsizlik kafolatlari toʻgʻrisidagi hujjatlarda bayon qilingan Rossiya pozitsiyasini tushunish xohishini namoyon qilgan.
U Putin va Bayden suhbatga yaxshi tayyorgarlik koʻrishgani va Yangi yildan keyin muloqotni davom ettirishga kelishib olishganini qoʻshimcha qildi.
Putin amerikalik hamkasbi bilan suhbat chogʻida ikki tomonlama muloqotni davom ettirish muhimligini bildirgan.
AQShni uyalish kutmoqda: Rossiyadan uzr soʻrashga toʻgʻri keladi
“Prezident Bayden AQSH uch trek boʻyicha (xavfsizlik kafolatlari toʻgʻrisidagi masala boʻyicha)” muzokaralar jarayonida oʻz ittifoqchilari bilan yaqindan maslahatlashishini aytdi. Biz, albatta, buni tushunimizni aytdik, biroq Moskva va Vashington ochiq ikki tomonlama muloqotni davom ettirishi muhim”, - dedi Ushakov.
Uning soʻzlariga koʻra, Bayden shundoq ham Rossiya bilan munosabatlarda oʻz chizigʻini yoʻlga qoʻymoqchiligini tasdiqlagan.
Kreml matbuot xizmatining yozishicha, Amerika yetakchisi Yevropa va dunyodagi barqarorlikni taʼminlashda AQSH va Rossiyaning alohida masʼuliyatini qayd etgan.
Suhbatda xavfsizlik masalalari boʻyicha ikki tomonlama hozirlik bildirilgan va bunday muzokaralar boshlanishi muddati muvofiqlashtirilgan.
“Jo Bayden umuman Yevropa va dunyodagi xavfsizlikni taʼminlashda Rossiya va AQShning alohida masʼuliyatini taʼkidladi. Shuningdek, Vashingtonning Ukraina hududida hujumkor zarba qurollarini joylashtirish niyati yoʻqligini bildirdi”, - deyilgan xabarda.
Shu bilan birga AQSH prezidenti Putin bilan suhbatda ehtimoliy “keng koʻlamli” sanktsiyalarni tilga olib oʻtgan.
Rossiya rahbari bunga javoban bu munosabatlarni toʻliq buzilishiga olib kelishi mumkin boʻlgan eng katta xato boʻlishidan ogohlantirdi, dedi diplomat.
Rossiya TIV NATO bilan xavfsizlik boʻyicha muzokaralarning asosiy masalalarini maʼlum qildi
Rossiya yetakchisi cheklovlar “eng jiddiy oqibatlarga” olib kelishi va Moskva bunday boʻlmasligiga umid qilishini qoʻshimcha qilgan.
“Prezidentimiz biz bunday vaziyatda, agar Amerika chegaralari yaqinida hujumkor qurollar joylashtirilganda, AQSH oʻzini qanday tutgan boʻlishi mumkinligi kabi, shunday yetarlicha oʻzimizni murakkab tutishimizni alohida taʼkidladi”, - dedi Ushakov.
U Putin bu asosiy fikrni Amerika prezidentiga har qanday yoʻl bilan yetkazishga uringanini aytdi.
Oʻz navbatida AQSH prezidenti maʼmuriyati vakili Bayden va Putin suhbati jiddiy va mohiyatli boʻlganini bildirdi. Aloqa yanvar boshida kutilayotgan diplomatik muzokaralar munosabati bilan oʻz vaqtida boʻlib oʻtgan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala