Jamiyat

“Yangi Oʻzbekiston” bogʻi va Chimyon yaqinidagi yoʻllarda harakat cheklanadi

© Sputnik / Maksim Blinov / Fotobankka oʻtishZnak "Stop", arxivnoye foto
Znak Stop, arxivnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 31.12.2021
Yangi yil munosabati bilan "Yangi Oʻzbekiston" bogʻi va Chimyon dam olish zonasi yaqinidagi yoʻllarda ayrim cheklovlar kiritildi.
TOSHKENT, 31 dek — Sputnik. Yangi yil bayrami munosabati bilan "Yangi Oʻzbekiston" bogʻi va Chimyon dam olish zonasi yaqinidagi yoʻllarda ayrim cheklovlar joriy etildi.
YHXBB xabariga koʻra, 2021 yil 31 dekabr hamda 2022 yil 1 yanvar kunlari "Yangi Oʻzbekiston bogʻi"ga tashrif buyuruvchi fuqarolar xavfsizligini taʼminlash maqsadida bogʻ atrofida ayrim yoʻllarda transport vositalari harakati vaqtincha cheklanadi. Bogʻ atrofida avtoturargohlar va toʻxtab turish joylarini tashkil etish choralari koʻrilgan.
Bundan tashqari 2021 yil 31 dekabr kunidan 2022 yil 5 yanvar kuniga qadar Boʻstonliq tumanining dam olish zonalaridan oʻtgan avtomobil yoʻllarida harakatlanish uchun ayrim cheklovlar kiritiladi. Bu avtomobil yoʻllarida tirbandliklarning oldini olish va harakat xavfsizligini taʼminlash maqsadida qilinmoqda.
© Foto: Toshkent viloyati IIBChimyon dam olish zonasi yaqinidagi yoʻllardagi cheklovlar
Chimyon dam olish zonasi yaqinidagi yoʻllardagi cheklovlar - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 31.12.2021
Chimyon dam olish zonasi yaqinidagi yoʻllardagi cheklovlar
Xususan, avtotransport vositalarining oqimini hisobga olgan holda 4R6 Toshkent–Chimyon avtomobil yoʻlining 57–92 kilometrlari va 4R10 Chorvoq suv ombori halqa yoʻli avtomobil yoʻlining 0–12 kilometrlari oraligʻida bir tomonlama harakatlanish joriy qilindi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala