Iqtisod

Ayrim toifadagi oʻqituvchi va shifokorlarning maoshi kamida 15 foizga oshiriladi

© Foto: press-sekretar TSB UzbekistanaNovыe banknotы v 50 tыsyach sumov i 100 tыsyach sumov
Novыe banknotы v 50 tыsyach sumov i 100 tыsyach sumov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 01.01.2022
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
2022 yilda ayrim oʻqituvchi va shifokorlarning maoshi qoʻshimcha ravishda oshirilishi kutilmoqda. Bu Taraqqiyot strategiyasida taʼlim sifatini oshirish boʻyicha belgilangan vazifalarlardan biri.
TOSHKENT, 1 yanv — Sputnik. 2022 yilda iqtidorli oʻqituvchi va shifokorlarning ish haqlari oshirilishi kutilmoqda. Bu jamoatchilik muhokamasiga qoʻyilgan “Yangi Oʻzbekistonning 2022–2026 yillarga moʻljallangan taraqqiyot strategiyasi toʻgʻrisidagi” prezident farmonida koʻzda tutilgan.
Taraqqiyot strategiyasida taʼlim sifatini oshirish boʻyicha belgilangan vazifalar doirasida 2022 yilda iqtidorli oʻqituvchi va shifokorlarning ish haqlarini malaka toifasiga qarab tabaqalashtirilgan holda quyidagi miqdorlarda qoʻshimcha oshirish rejalashtirilgan:
oliy toifali oʻqituvchilar uchun – kamida 15 foizga;
birinchi toifali oʻqituvchilar hamda oliy va birinchi toifadagi shifokorlar uchun – kamida 10 foizga;
ikkinchi toifali oʻqituvchi va shifokorlar uchun – kamida 5 foizga.
Xalq taʼlimi vazirligi va Sogʻliqni saqlash vazirligi Moliya vazirligi bilan birgalikda 2022 yil 1 iyulga qadar oʻqituvchi va shifokorlarga malaka toifalarini berish tartibining tubdan qayta koʻrib chiqishi zarur. Bunda xalqaro ekspertlarni jalb etiladi.
Oliy toifali shifokorlar maoshi $1000 boʻladi - prezident
Bundan tashqari, malakani baholash uslubiyoti asosida adolatli va shaffof tizimini joriy etish boʻyicha qaror loyihasi Vazirlar mahkamasiga kiritilishi kerak.
Yangiliklar lentasi
0