Lukashenko Mirziyoyev unga nima sovg‘a qilganini ko‘rsatdi – video

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovPrezidenti Uzbekistana i Belarusi Shavkat Mirziyoyev i Aleksandr Lukashenko
Prezidenti Uzbekistana i Belarusi Shavkat Mirziyoyev i Aleksandr Lukashenko - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.01.2022
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston yetakchisi Sankt-Peterburgdagi sammitda belorus hamkasbiga tuhfa olib borgan.
TOShKENT, 1 yanv — Sputnik. Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) yetakchilari Yangi yil arafasida unga nima sovg‘a qilishganini ko‘rsatdi.
U O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevdan ham tuhfa olgan.
“Prezidentlar bilan (MDH – tahr.) ahil-inoq yashaymiz. Men Piterda bo‘ldim... Emomali Rahmon ham, yaxshi o‘zbek do‘stim Shavkat Miromonovich ham... armanlar bir narsalar berib yuborishdi”, - dedi Lukashenko.
Belarus yetakchisi bu tuhfalarning bir qismini tibbiyot xodimlari bilan baham ko‘rishini aytdi.
Lukashenko ko‘rsatgan sovg‘alardan unga sarxil mevalar to‘ldirilgan savatchalar tuhfa qilishganini anglash qiyin emas.
Mirziyoyev va Lukashenko o‘zaro sovg‘a almashdi
Eslatib o‘tamiz, 28-dekabr kuni Sankt-Peterburgda MDH davlat rahbarlarining norasmiy sammiti bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Rossiya prezidenti Vladimir Putin, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev, Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko, Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev, Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon, Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov, Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov, Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev, Qozog‘istonning birinchi prezidenti – elboshi Nursulton Nazarboyev, Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan ishtirok etishdi.
Yangiliklar lentasi
0