Mirziyoyev Yangi yil tabrigida nimalar dedi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.01.2022
Obuna bo‘lish
Prezident: Ishontirib aytamanki, xalqimizning hayoti yanada farovon va mazmunli bo‘lishi uchun bor kuch va imkoniyatlarimizni safarbar etamiz.
TOShKENT, 1 yanv — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev ko‘pmillatli O‘zbekiston xalqini, Yangi – 2022-yil bilan samimiy muborakbod etdi.
Davlat rahbari "Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili" mamlakat hayotida yorqin iz qoldirganini ta’kidladi.
“Bebaho boyligimiz bo‘lgan tinchlik va barqarorlikni ta’minlashga ustuvor ahamiyat qaratamiz. 2022-yilda iqtisodiyotimiz tarmoqlari va tadbirkorlikni rivojlantirish, yangi ish o‘rinlari yaratish e’tiborimiz markazida bo‘ladi. Aholi daromadlarini ko‘paytirish, ish haqi, pensiya, stipendiya va nafaqalar miqdorini oshirishga qaratilgan muhim ishlarni davom ettiramiz”, - dedi prezident.
Mirziyoyevning so‘zlariga ko‘ra, ijtimoiy sohalar, ayniqsa, sog‘liqni saqlash, ta’lim-tarbiya va ilm-fanni rivojlantirishga barcha resurslar jalb etiladi. Urush va mehnat faxriylarini, ayollar hamda yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ko‘makka muhtoj insonlarga g‘amxo‘rlik ko‘rsatishga alohida e’tibor beriladi.

“Yurtimizni yanada obod qilish, zamonaviy uy-joylar, jumladan, barcha hududlarimizda "Yangi O‘zbekiston massivlari"ni qurish asosiy vazifalarimizdan biri bo‘ladi. Ishontirib aytamanki, xalqimizning hayoti yanada farovon va mazmunli bo‘lishi uchun bor kuch va imkoniyatlarimizni safarbar etamiz”, - deya xulosa qildi Mirziyoyev.

Yangiliklar lentasi
0