O‘zbekistonda ketma-ket uchinchi kun koronavirusdan o‘lim qayd etilmadi

© Sputnik / Anton Denisov / Mediabankka o‘tishGraffiti v podderjku vrachey v borbe s COVID-19
Graffiti v podderjku vrachey v borbe s COVID-19 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.01.2022
Obuna bo‘lish
2021 yilning so‘nggi kunida mamlakat 127 kishida koronavirus aniqlandi. Hech kim koronavirusdan vafot etmadi.
TOShKENT, 1 yanv — Sputnik. O‘zbekistonda ketma-ket uchinchi kun koronavirus infeksiyasidan o‘lim holati qayd etilmadi, deb xabar bermoqda Sog‘liqni saqlash vazirligi.
Kecha, 2021-yilning so‘nggi kunida mamlakat 127 kishida koronavirus aniqlangan. Shulardan eng ko‘pi Toshkent shahri (34), Toshkent (30), Samarqand (14) viloyatlarini qayd etilgan.
Shu tariqa mamlakatda bu yuqumli kasallik bilan kasallanganlarning umumiy soni 199 030 nafarga yetgan.
Bayram kunlarida tibbiyot muassasalari qanday ishlaydi
Kecha 206 bemor to‘liq sog‘ayib ketgan va tuzalganlarning umumiy soni 196 218 nafarni tashkil etmoqda.
Koronavirusdan o‘lim holati oxirgi marta 28-dekabr kuni kuzatilgandi. 31-dekabr holatiga ko‘ra, qurbonlar soni 1485 nafarligicha qolmoqda.
Yangiliklar lentasi
0