Yangi yil munosabati bilan O‘zbekiston xalqi va prezidentiga qutlovlar kelmoqda

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.01.2022
Obuna bo‘lish
Tabriknomalarda O‘zbekiston xalqiga esa tinchlik-osoyishtalik va ravnaq tilaklari izhor etilgan
TOShKENT, 1 yanv — Sputnik. Yangi – 2022-yil kirib kelishi munosabati bilan O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev nomiga xorijiy davlatlar, hukumatlar va parlamentlar, nufuzli xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar rahbarlari, taniqli davlat va jamoat arboblaridan samimiy qutlovlar kelmoqda.
Tabriknomalarda davlat rahbariga baxt-saodat va yangi muvaffaqiyatlar, ko‘p millatli O‘zbekiston xalqiga esa tinchlik-osoyishtalik va ravnaq tilaklari izhor etilgan.
Jumladan, quyidagilar o‘z tabriklarini yo‘llagan:
Rossiya prezidenti Vladimir Putin;
Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Szinpin;
Qozog‘istonning birinchi prezidenti – elboshi Nursulton Nazarboyev;
Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev;
Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov;
Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon;
Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov;
Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev;
Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko;
Koreya prezidenti Mun Chje In;
Yaponiya bosh vaziri Fumio Kisida;
Germaniya Federal prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer;
Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson;
Misr Arab prezidenti Abdulfattoh as-Sisi;
Birlashgan Arab Amirliklari prezidenti Xalifa bin Zoid Ol Nahayon;
Birlashgan Arab Amirliklari vitse-prezidenti, bosh vaziri, Dubay Amirligi hokimi Muhammad bin Roshid Ol Maktum;
Rossiya Xavfsizlik kengashi raisining o‘rinbosari Dmitriy Medvedev;
Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin;
Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Ijroiya qo‘mitasi raisi – ijrochi kotibi Sergey Lebedev;
Yevrosiyo iqtisodiy komissiyasi hay’ati raisi Mixail Masnikovich;
Turkiy davlatlar tashkiloti bosh kotibi Bag‘dod Amreyev
Qutlovlar kelishi davom etmoqda.
Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqini, Yangi – 2022-yil bilan tabrikladi - video
Yangiliklar lentasi
0