Yangi yilning ilk kunida qaysi hududda eng ko‘p chaqaloq dunyoga keldi

CC0 / pexels / Novorojdenniy
Novorojdenniy - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.01.2022
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda 2022-yilning 1-yanvar kunida 2316 nafar chaqaloq dunyoga keldi.
TOShKENT, 2 yanv — Sputnik. O‘zbekistonda Yangi - 2022-yilning birinchi sutkasida 2316 nafar chaqaloq dunyoga keldi. Bu so‘nggi besh yildagi eng yuqori ko‘rsatkichdir.
Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, ularning 1198 nafari o‘g‘il, 1118 nafari esa qiz bola. Dunyoga kelgan bolalarning 12 tasini ikki homilali, 1 tasini to‘rt homilali egizaklar (jami 28 nafar chaqaloq) tashkil qiladi.

“Eng ko‘p tug‘ilish Samarqand viloyatida (270 nafar) qayd etildi”, - deyiladi xabarda.

Hududlar kesimida ikkinchi o‘rinda Farg‘ona (239), uchinchi o‘rinda Namangan (218), to‘rtinchi o‘rinda esa Surxondaryo viloyatlari (213) qayd etildi.
Qolgan hududlar kesimida quyidagicha:
Qashqadaryo (210);
Andijon (197);
Toshkent shahri (177);
Qoraqalpog‘iston (156);
Toshkent viloyati (155);
Xorazm (115);
Buxoro (113);
Jizzax (102);
Navoiy (90),
Sirdaryo (61).
Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda 2018-yilning 1-yanvar kuni 1961 nafar, 2019-yilning shu kuni 1708 nafar, 2020-yilda 1974 nafar hamda 2021-yilning ayni shu sanasida 1644 nafar chaqaloq dunyoga kelgan edi.
Yangiliklar lentasi
0