Mandarin ko‘p yeyish foydasi va zarari haqida

© Sputnik / Ilona XvarskiyaSbor urojaya mandarinov v Gulripshe
Sbor urojaya mandarinov v Gulripshe - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.01.2022
Obuna bo‘lish
Mandarin har doim ham foyda keltiradimi? Shifokorlar uni immunitetni mustahkamlaydi, organizmdan toksinlarni chiqaradi, kayfiyatni ko‘taradigan meva deyishmoqda.
TOShKENT, 3 yanv — Sputnik. Kuniga to‘rt dona mandarin iste’mol qilinsa, salomatlikka zarar bo‘lmaydi. Meva juda foydali, immunitetni mustahkamlaydi, organizmdan toksinlarni chiqaradi, kayfiyatni ko‘taradi. Shuning uchun mandarin iste’mol qilish juda yaxshi odat, deyishdi shifokorlar RIA Novosti agentligiga.
“Bir sutkada o‘rtacha miqdori – 4 dona <...>, mandarinlarni meyorida har kuni iste’mol qilish mumkin”, - dedi parhez-shifokori Tamara Prunseva.
Uning ta’kidlashicha, mandarinlarni iste’mol qilish odati agar sitrus mevalariga qarshi, individual allergik reaksiyalar bo‘lmasa, foydali bo‘ladi.
Parhezshunos-shifokor Yelena Tixomirovaning so‘zlariga ko‘ra, qishda, vitaminlar kam bo‘lganda, inson organizmi uchun bu meva zarur bo‘ladi. Mandarin kam kaloriyali meva hisoblanadi, shu bilan birga vitaminlarga, shu jumladan S vitaminiga boy.
Iste’mol qilishdan oldin mandarinni iliq suvda yuvish zarur. Chunki ularni uzoq vaqt saqlash uchun organizmga zararli bo‘lgan moddalar bilan ishlov berilgan bo‘lishi mumkin.
Mandarin miqdoridan ko‘p iiste’mol qilish allergik reaksiyalarga olib kelishi, oshqozon-ichak trakti surunkali kasalliklarining kuchayishiga olib kelishi mumkin, chunki mevada ko‘p miqdorda klechatka mavjud.
Parhez shifokortlar mandarinni ertalab va kunduzi soat 5 gacha iste’mol qilishni maslahat berishdi. Asosiysi – ularni och qoringa iste’mol qilish kerak emas.
Oddiy tavsiyalarga amal qilinsa, mandarin inson salomatligiga ijobiy ta’sir qiladi: toksinlarni chiqaradi, immunitetni mustahkamlaydi va kayfiyatni yaxshilaydi.
Yana qiziqarli materiallar:
Har kuni mol go‘shti iste’mol qilinsa, nima bo‘ladi? Vrach javobi>>
Lavlagi qanday kasalliklardan himoya qiladi>>
Yangiliklar lentasi
0