Mangʻistau viloyatida gaz narxi tushiriladi

Miting v Aktau - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 04.01.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Qozogʻistonning Mangʻistau viloyatida norozilik namoyishlari tufayli suyultirilgan gaz narxi 50 tengegacha tushirildi.
TOSHKENT, 4 yanv - Sputnik. Qozogʻistonning Mangʻistau viloyatida gaz narxi 50 tengega tushiriladi. Bu haqida Sputinik Qozogʻiston xabar qilmoqda.
Qozogʻiston bosh vaziri oʻrinbosari Yeralы Tugjanov Aqtau shahar markazida toʻplangan namoyishchilar oldiga chiqib, viloyatdagi vaziyatni hal qilish boʻyicha tuzilgan hukumatning maxsus komissiyasi qarorini oʻqib berdi.

Unda aytilishiga koʻra, Mangʻistau viloyatida suyultirilgan gaz narxi 1 litr uchun 50 tengega tushiriladi. Bu "Qazmұnagaz" AJ ijtimoiy javobgarligi doirasida amalga oshiriladi.

Shuningdek, hukumat komissiyasi Aqtau va boshqa shaharlarda gaz narxi oshishi munosabati bilan norozilik namoyishlariga chiqqan fuqarolarni javobgarlikka tormaslikni vaʼda beradi. Tomonlar kelajakda paydo boʻlishi mumkin boʻlgan masalalarni konstruktiv suhbat asosida hal qilishga kelishib olishdi.
Qozogʻiston prezidenti Qosim-Joʻmart Toqayev ertaga 5 yanvar kuni mamlakatdagi ijtimoiy-iqtisodiy vaziyat yuzasidan majlis oʻtkazadi.
Eslatib oʻtamiz, yangi yildan suyultirilgan gaz narxi 50 tengedan 120 tengegacha keskin koʻtarilib ketishi Mangistau viloyatining Janaozen, Qurik, Oqshukur va Aqtau shaharlarida odamlar noroziligiga sabab boʻldi.
Yangiliklar lentasi
0