Jamiyat

Oʻzbekiston Rossiyaning yana beshta shahrida konsulxona ochadi

Flag Uzbekistana - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 04.01.2022
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Oʻzbekiston Rossiyaning Samara, Astraxan, Tula, Kaliningrada va Nijniy Novgorod shaharlarida konsulxona ochadi, Moskvada esa yangi konsul shtat birligi kiritiladi.
TOSHKENT, 4 yanv - Sputnik. Oʻzbekiston Rossiyaning Samara, Astraxan, Tula, Kaliningrada va Nijniy Novgorod shahrlarida konsullik ochadi.
Bu haqida Normativ-huquqiy hujjatlarni muhokama qilish portalida joylashtirilgan "Yangi Oʻzbekistonning 2022-2026 yillardagi taraqqiyot strategiyasi toʻgʻrisidagi" prezident qarori loyihasida aytib oʻtilgan.
Qarorda shuningdek, Oʻzbekistonning Rossiyadagi Bosh konsulxonalarida (Sankt-Peterburg, Vladivostok, Qozon, Rostov-Don, Novosibirsk va Yekaterinburg) xodimlar sonini oshirish Moskvadagi elchixonaga yangi konsul shtat birliklari kiritish rejalashtirilgan.
Undan tashqari Qozogʻistonning Chimkent, Chexiyaning Praga, Kanadaning Ottava, Koreya Respublikasining Pusan shaharlarida ham konsulxonalar ochish rejalashtirilgan.
Maʼlumot uchun, bugungi kunda Oʻzbekistonning 2 million nafarga yaqin fuqarolari chet davlatlarda vaqtinchalik mehnat faoliyati olib bormoqda. Ulardan bir milliondan ortigʻi - Rossiya Federatsiyasida mehnat qilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0