Tesla Andijon polkasiga "raqsga" tushdi - video

© AFP 2023 / ERIC PIERMONTElektromobil Tesla Model 3
Elektromobil Tesla Model 3 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.01.2022
Obuna bo‘lish
Elektromobilning o‘zbekcha musiqa ostida "raqsga" tushishi ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarini hayratga tushirdi va ular mashinani yana bir necha musiqalar ostida "o‘ynatishni" taklif qilishdi.
TOShKENT, 4 yanv — Sputnik. Tesla elektromobilining Andijon polkasiga "raqsga" tushish videoi ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalib foydalanuvchilarda katta qiziqish uyg‘otdi.
Tesla Model 3 elektromobilida ko‘plab zamonaviy funksiyalar bor. ular orasida avtopilot, avtomatik parkovka qilish va parkovkadan chiqish va shu kabi.
Elektromobilning qiziq funksiyalaridan yana biri — Dance mode. Ushbu funksiya Ilon Mask mahsulotiga har qanday musiqa ostida turli chiroqlarini o‘chirib yoqish, oynalarini ko‘tarib tushirish orqali mashinani musiqa ritmlari ostida go‘yoki raqsga tushayotgandek namoyish qiladi.
Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari bunday tomoshadan hayratga tushishdi. Va yana bir necha musiqalar ostida elektromobilni "raqsga" tushirishni taklif qilishdi.
Yangiliklar lentasi
0