O‘zbekistondan Qozog‘iston shaharlaridan biriga parvozlar to‘xtatildi

© Sputnik / Aleksey Danichev / Mediabankka o‘tishSamolet Airbus A320 kompanii Uzbekistan Airways
Samolet Airbus A320 kompanii Uzbekistan Airways - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.01.2022
Obuna bo‘lish
O‘zbekistondan Aqtauga muntazam parvozlar bekor qilindi.
TOShKENT, 5 yanv — Sputnik. Aqtau xalqaro aeroporti xalqaro parvozlarni qabul qilishni va amalga oshirishni yopganligi munosabati bilan 2022-yil 5-yanvar kuni amalga oshirilishi rejalashtirilgan HY-9725/9726 Urganch-Aqtau-Urganch yo‘nalishi bo‘yicha muntazam qatnovlar bekor qilindi.
Bu haqda Uzbekistan Airways matbuot xizmati xabar qildi.
Ta’kidlanishicha, bu yo‘nalish bo‘yicha parvozlarni amalga oshirish kunlari haqidagi qo‘shimcha ma’lumot keyinroq taqdim etiladi.
“Yo‘lovchilar 5-yanvar kuniga Aqtauga bekor bo‘lgan parvozlar aviachiptalarining to‘liq qiymatini chipta sotib olingan joyda qaytarib olish yoki boshqa sanaga bepul qayta bronlash huquqiga egadirlar”, — deyilgan xabarda.
Yangiliklar lentasi
0