Qozogʻistonda jamoat tartibini buzgan 200 nafardan ortiq kishi qoʻlga olindi

© Reuters/Pavel MikheyevMitinguyuщiye v Almatы napadayut na politseyskiy avtomobil
Mitinguyuщiye v Almatы napadayut na politseyskiy avtomobil - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 05.01.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Qozogʻistonda 200 nafardan ortiq kishi qoʻlga olindi.
TOSHKENT, 5 yanv — Sputnik. Qozogʻiston IIV namoyishlarda jamoat tartibini buzgan 200 nafardan ortiq kishi qoʻlga olinganini maʼlum qildi.
"Davlat xodimlariga nisbatan zoʻravonlik, bezorilik, davlat binolariga hujum qilish boʻyicha 13 ta holat yuzasidan tekshiruv boshlandi. Jamoat tartibini buzganlik uchun 200 dan ortiq kishi qoʻlga olindi", — deyilgan xabarda.
Qozogʻiston IIV xabariga koʻra, respublikaning bir qator hududlarida noqonuniy namoyishlar sodir etildi. Mahalliy ijro hokimiyati organlari va prokuratura organlarining ogohlantirishlariga qaramay, fuqarolar provokatsion chaqiriqlarga berilib, aholi tinchligi va xavfsizligiga tahdid soluvchi qonunga xilof harakatlarni sodir etishdi.
Huquqni muhofaza qiluvchi va boshqa davlat organlari xodimlariga hujumlar uyushtirildi.
Olmaota, Chimkent va Taraz shaharlarida hokimiyat binolariga hujum qilinib, derazalar, eshiklar sindirildi va boshqa moddiy zarar yetkazildi.
Namoyishchilar toshlar, tayoqlar, gaz, yondiruvchi aralashma solingan butilkalar otildi.
Jamoat xavfsizligini taʼminlash maqsadida ichki ishlar organlari tomonidan jamoat tartibini buzish holatlariga chek qoʻyish, huquqbuzarlarni qoʻlga olish boʻyicha qonun hujjatlarida nazarda tutilgan chora-tadbirlar koʻrildi.
Noqonuniy xatti-harakatlar natijasida 95 nafar ichki ishlar organlari xodimlari tan jarohati oldi. 37 ta xizmat mashinasi shikastlandi.
Yangiliklar lentasi
0