Mirziyoyev va Erdog‘an Qozog‘istondagi vaziyatni tinch yo‘l bilan hal qilishga chaqirdi

© Sputnik / Ramil Sitdikov / Mediabankka o‘tishPrezident Tursii Redjep Tayip Erdogan
Prezident Tursii Redjep Tayip Erdogan - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.01.2022
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘anning telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi.
TOShKENT, 6 yanv — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘anning telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi, deb xabar qildi O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati.
Suhbat davomida ikki mamlakat rahbarlari O‘zbekiston bilan Turkiya o‘rtasidagi strategik sheriklik munosabatlarining hozirgi holati va istiqbollarini, hamkorlikni yanada faollashtirish masalalarini muhokama qildilar. Shuningdek, Markaziy Osiyo mintaqasidagi vaziyat, xususan, Qozog‘istonda vujudga kelayotgan holat yuzasidan fikr almashdilar.
Prezidentlar Qozog‘istonda tinchlik va barqarorlikni ta’minlashga qaratilgan barcha choralarni ko‘rish zarurligi to‘g‘risida umumiy fikr bildirdilar.
Shu bilan birga, davlat rahbarlari vujudga kelgan holatni tinch yo‘l bilan hal qilishga chaqirib, zo‘ravonlik va vaziyat keskinlashuviga yo‘l qo‘ymaslik muhimligini ta’kidlab o‘tdilar.
Yangiliklar lentasi
0