Mirziyoyev va Toqayev Qozog‘istondagi vaziyatni muhokama qildi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovPrezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev i prezident Kazaxstana Kasim-Jormat Tokayev
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev i prezident Kazaxstana Kasim-Jormat Tokayev - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.01.2022
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston prezidenti Qozog‘iston prezidenti bilan telefon orqali muloqot qildi.
TOShKENT, 6 yanv — Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qozog‘iston Respublikasi prezidenti Qasim-Jomart Toqayev o‘rtasida telefon orqali muloqot bo‘lib o‘tdi.
Suhbatda davlat rahbarlari Qozog‘istondagi vaziyatning rivojlanishi, respublikadagi holatni barqarorlashtirish, tez fursatda tinchlik va osoyishtalikni qayta tiklash borasida ko‘rilayotgan chora-tadbirlar yuzasidan fikr almashdilar.
O‘zbekiston yetakchisi Qozog‘istonning birodar xalqi va rahbariyatini ularning mamlakat barqarorligi va farovonligini ta’minlash yo‘lidagi sa’y-harakatlarida doimo qo‘llab-quvvatlashini yana bir bor tasdiqladi.
Yangiliklar lentasi
0