TIV Qozog‘istondagi O‘zbekiston fuqarolariga bayonot bilan chiqdi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovZdanie MID Uzbekistana
Zdanie MID Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.01.2022
Obuna bo‘lish
TIV Qozog‘istondagi O‘zbekiston fuqarolari haqida ma’lumot berdi.
TOShKENT, 6 yanv — Sputnik. O‘zbekiston Respublikasining Qozog‘istondagi Elchixonasi va Bosh konsulxonalari ushbu mamlakat hududidagi O‘zbekiston fuqarolari, shu jumladan talabalar bilan doimiy aloqada bo‘lib turibdi, deb xabar qildi TIV matbuot xizmati.
O‘zbekistonning Qozog‘istondagi diplomatik vakolatxonalari odatdagi tartibda faoliyat yuritmoqda. Zarur holatlarda O‘zbekiston fuqarolariga huquqiy yordam ko‘rsatilmoqda.
“Shu bilan birga, Qozog‘istonning ayrim hududlarida favqulodda holat e’lon qilinishi munosabati bilan mazkur mamlakatda bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolaridan joriy etilgan vaqtinchalik cheklovlarga rioya qilishlarini so‘raymiz.
Zarurat tug‘ilganda, hamurtlarimiz istalgan vaqtda O‘zbekiston Respublikasining Nur-Sulton (telefon: +7 771 020 36 73), Olma-ota (telefon: +7 777 950 44 33) va Aqtau (telefon: +7 777 599 00 51) shaharlaridagi diplomatik vakolatxonalariga murojaat qilishlari mumkin”, - deyilgan bayonotda.
Yangiliklar lentasi
0