Buxoroda Cobalt avtomobili kanalga tushib ketdi - video

© tribuna.uzKanal
Kanal - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.01.2022
Obuna bo‘lish
Buxoroda Cobalt avtomobili kanalga tushib ketdi.
TOShKENT, 7 yanv — Sputnik. Buxoroda Cobalt rusumli avtomobil kanalga tushib ketdi.
Buxoro viloyati Vobkent tumanida kanalga tushib ketgan Cobalt avtomobili maxsus texnikalar yordamida chiqarib olindi, deb xabar beradi IIV YHXBB axborot xizmati.
26 dekabr kuni tuman FVBga Cobalt avtomobil haydovchisi I.X. (1997 yilda tug‘ilgan) rul boshqaruvini yo‘qotishi oqibatida Shohrud kanaliga tushib ketgani to‘g‘risida xabar kelib tushgan.
Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lgan fuqarolar yo‘q.
"Voqea joyiga zudlik bilan tuman FVB qutqaruvchilari va tegishli xizmat xodimlari yetib kelgan. Maxsus texnika yordamida transport vositasi kanaldan olib chiqilgan", — deyiladi xabarda.
Yangiliklar lentasi
0