Lukashenko va Nazarboyev telefon orqali muloqot qildi

© Sputnik / Mixail Klimentyev / Mediabankka o‘tishZasedanie Visshego Yevraziyskogo ekonomicheskogo soveta
Zasedanie Visshego Yevraziyskogo ekonomicheskogo soveta - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.01.2022
Obuna bo‘lish
Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko Qozog‘iston sobiq prezidenti Nursulton Nazarboyev bilan telefon orqali muloqot qildi.
TOShKENT, 8 yanv — Sputnik. 7-yanvar, juma kuni kechqurun Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko Qozog‘iston sobiq prezidenti Nursulton Nazarboyev bilan telefon orqali muloqot qildi.
Bu haqda Sputnik Belarus mamlakat prezidenti matbuot xizmatiga asosan xabar qildi.
Ular Qozog‘istondagi vaziyatni muhokama qilishdi.

Qayerga g‘oyib bo‘ldi

Qozog‘istonda tartibsizliklar boshlanganidan beri Nursulton Nazarboyev haqida hech qanday xabarlar bo‘lmadi.
Oxirgi marta u Yangi yil oldidan - dekabr oyi oxirida Sankt-Peterburgda bo‘lib o‘tgan MDH sammitida OAVlar oldida ko‘rinish bergandi.
5 yanvardan boshlab Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev Qozog‘iston Xavfsizlik kengashiga rahbarlik qilmoqda – avval bu lavozimda Nazarboyev faoliyat olib borardi va u umrining oxirigacha mazkur lavozim vakolatlariga ega edi.

Qozog‘istondagi tartibsizliklar

Qozog‘istonda ommaviy norozilik namoyishlari 2022-yilning dastlabki kunlarida boshlandi. O‘shanda mamlakat g‘arbidagi Janaozen va Oqtau shaharlari aholisi suyultirilgan gaz narxining ikki baravar oshishiga qarshi chiqdi, keyinchalik norozilik namoyishlari boshqa shaharlarga ham tarqaldi. Olma-Otada 4 va 5-yanvar kunlari kuchishlatar tizim xodimlari bilan to‘qnashuvlar bo‘lib o‘tdi, politsiya gaz va shovqinli granatalardan foydalandi. Qozog‘iston bo‘ylab internet o‘chirildi, bir qator telekanallarning translyatsiyasi vaqtincha to‘xtatildi. 19-yanvarga qadar butun Qozog‘iston hududida favqulodda holat joriy etildi.
5 yanvar kuni ertalab prezident Qasim-Jomart Toqayev hukumatni iste’foga chiqardi va respublika Xavfsizlik kengashiga rahbarlik qildi. birinchi yig‘ilishda u Qozog‘istondagi vaziyatni “davlat yaxlitligiga putur yetkazuvchi” deb atadi va “terrorchilik xavfini yengish” uchun KXShTdan yordam so‘raganini aytdi.
KXShT Kollektiv xavfsizlik kengashi Toqayevning murojaati munosabati bilan Qozog‘istonga kollektiv tinchlikparvar kuchlarni yuborish to‘g‘risida qaror qildi. Mamlakatdagi vaziyatni barqarorlashtirish va normallashtirish maqsadida kuchlar cheklangan muddatga yuboriladi.
Yangiliklar lentasi
0