Shavkat Mirziyoyev DXXning harbiy ta’lim muassasalari faoliyati bilan tanishdi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Shavkat Mirziyoyev posetil voyenno-akademicheskiy litsey “Temurbeklar maktabi” Slujbi gosudarstvennoy bezopasnosti
Prezident Shavkat Mirziyoyev posetil voyenno-akademicheskiy litsey “Temurbeklar maktabi” Slujbi gosudarstvennoy bezopasnosti  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.01.2022
Obuna bo‘lish
Prezident Shavkat Mirziyoyev Davlat xavfsizlik xizmatining harbiy ta’lim muassasalari majmuasini borib ko‘rdi.
TOShKENT, 7 yanv — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 7-yanvar kuni Davlat xavfsizlik xizmatining harbiy ta’lim muassasalari faoliyati bilan tanishdi.
Tashrif chog‘ida prezidentga harbiy-akademik litseydagi o‘qitish tizimi haqida ma’lumot berildi.
Prezident lingafon, psixodiagnostika va ma’naviyat xonalarini kirib ko‘rdi. Amir Temur merosini o‘rganish markazida yoshlar bilan suhbatlashdi.
- Mana shunday ilg‘or maktabda o‘qiyotganingiz bilan sizlarni, ota-onalaringizni tabriklayman. Sizlar yangi O‘zbekistonning qanotisizlar. Bu qanotlar nima bilan kuchli bo‘ladi? Bilim bilan! Kamida ikki-uchta tilni, aniq fanlarni va tariximizni mukammal bilishingiz kerak. Mana, bu maktabda psixologiya fanini ham kiritdik, uniyam yaxshi o‘rganing. Sizlarda hamma imkoniyat bor, - dedi Shavkat Mirziyoyev.
Shu yerda videokonferensiya orqali Toshkent, Nukus, Farg‘ona va Shahrisabz shaharlaridagi Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan ham muloqot bo‘ldi.
Ushbu maktablar o‘quvchilari o‘rtasida ma’naviyat bo‘yicha tanlov o‘tkazish, Temur tuzuklarining har bir tuzugi bo‘yicha ilmiy sharhlar yozish muhimligi ta’kidlandi.
Davlat rahbari litsey kutubxonasida ham bo‘ldi. U yerda kitob o‘qib o‘tirgan yigitlar ta’lim maskanida yaratilgan sharoitlar, o‘quvchilar o‘rtasidagi do‘stona muhit haqida so‘zlab berdi. Ular orasida Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari ham bor.
- Mamlakatimizda hech bir bola e’tibordan chetda qolmaydi, hammasining rivojlanishi uchun sharoit yaratayapmiz. Faqat qaysi yosh o‘zini qiynab, vaqtini bekor o‘tkazmay, ko‘proq bilim olsa, kelajakda muvaffaqiyatga erishadi. Hamma buyuklik niyatdan keladi, mehnatdan keladi, - dedi prezident.
Litseyning o‘quv binosi, sport zali, yotoqxona, oshxona, tibbiy xizmat markazida eng zamonaviy sharoitlar yaratilgan. Shuningdek, majmua harbiy mashg‘ulotlar maydoni, stadion, suv havzasi, avtodrom va plasni o‘z ichiga olgan.
Temurbeklar maktabining Amir Temur nomidagi Davlat xavfsizlik xizmati akademiyasi bilan yonma-yon barpo etilgani ham ahamiyatli. Bu yerda talabalar va o‘quvchilar hamohang muhitda, ustoz-shogird, aka-uka bo‘lib kamolga yetadi.
Prezident ushbu akademiyadagi sharoitlarni ham ko‘zdan kechirdi.
Yangiliklar lentasi
0