Turkmaniston prezidenti “Do‘zax darvozalari”ni o‘chirishni buyurdi - video

Obuna bo‘lish
Turkmaniston prezidenti “Do‘zax darvozalari”ni o‘chirish haqida buyruq berdi.
TOShKENT, 8 yanv — Sputnik. Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov Qoraqum cho‘lida qariyb yarim asrdan beri yonib turgan gaz krateri (Qoraqumning porlashi) “Do‘zax darvozalari”ni o‘chirish yo‘lini topish haqida hukumatga topshiriq berdi.
Krater 1971-yilda tabiiy gaz izlash maqsadida bu joyda quduq qazilgan va ko‘chki oqibatida paydo bo‘ldi. Geologlar o‘pirilgan joydan chiqayotgan gazni yoqishga qaror qilishdi. Mutaxassislar gaz bir necha kunda yonib tamom bo‘ladi, deb o‘ylashgan.
Biroq, gaz bugungi kunda ham yonmoqda. "Do‘zax darvozalari"ning diametri taxminan 60 metr, chuqurligi taxminan 20 metr.
Yangiliklar lentasi
0