Minimal iste’mol xarajatlarining yangi miqdori e’lon qilindi

© Sputnik / Vitaliy Ankov / Mediabankka o‘tishV Primorye zafiksirovali seni na maslo, saxar i makaroni
V Primorye zafiksirovali seni na maslo, saxar i makaroni - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.01.2022
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonning turli viloyatlarida yashayotgan 10 mingdan ortiq uy xo‘jaliklari minimal xarajatlari miqdorini hisobga olgan holda minimal iste’mol xarajatlarining yangi miqdori hisoblandi.
TOShKENT, 9 yanv - Sputnik. Davlat Statistika qo‘mitasi minimal iste’mol xarajatlarining yangi miqdorini hisoblab chiqdi.

Minimal iste’mol xarajatlarining yangi miqdori - kishi boshiga oyiga 498 ming so‘mni tashkil qildi, - deyilgan xabarda.

Minimal iste’mol xarajatlarining yangi miqdori respublikaning barcha hududlarida 10,6 ming uy xo‘jaliklarida o‘tkazilgan kuzatuv natijasida hisoblangan. Bunda jon boshiga kunlik iste’mol qilinadigan oziq-ovqat miqdori (2200 kkal), hamda kunlik nooziq-ovqat tovar va kerakli xizmatlar uchun bir oylik minimal xarajatlar hisoblangan.
Eslatib o‘tamiz, 2020- yilda 5,4 ming uy xo‘jaligi o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnoma yakuni bo‘yicha dastlabki hisoblangan minimal iste’mol xarajatlari 2021- yil narxlarida 440 ming so‘mni tashkil etgan edi. Ushbu ko‘rsatgich 2021-yilning may oyida e’lon qilingan edi.
Jahon tajribasida ushbu ko‘rsatgich mamlakat kambag‘allik chegarasini belgilash, aholining moddiy ko‘makka muhtoj guruhini aniqlash va ushbu guruhning real iste’mol xususiyatlari va talablarini inobatga olish va pensiyalar va nafaqalarning eng kam miqdorini belgilash uchun foydalaniladi.
O‘zbekistonda minimal iste’mol xarajatlari qiymatini hisoblash tartibi Vazirlar Mahkamasining 544-sonli qaroriga asosan 2020-yilda joriy etilgan.
Yangiliklar lentasi
0