Maktablarda qishki ta’til uzaytirildi - XTV

© Sputnik / Igor Russak / Mediabankka o‘tishPustoy klass
Pustoy klass - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.01.2022
Obuna bo‘lish
Ushbu chora o‘qituvchi va o‘quvchilar orasida mavsumiy gripp kasalligining tarqalishini oldini olish maqsadida amalga oshirilgan.
TOShKENT, 9 yanv - Sputnik. O‘zbekistonda maktab o‘quvchilari uchun qishki ta’til muddati 24-yanvarga qadar uzaytirildi, deb xabar qilmoqda Xalq ta’limi vazirligi.
"Hurmatli ota-onalar! <...> o‘quvchi - yoshlar o‘rtasida mavsumiy gripp kasalligining keskin ko‘payishining oldini olish maqsadida xalq ta’limi vazirligi qishki ta’til kunlarini 2022-yil 24-yanvarga qadar uzaytirilganini ma’lum qiladi", - deyilgan xabarda.
Ta’til kunlari davomida, o‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida ular uchun onlayn fan olimpiadalar, intellektual o‘yinlar, kitobxonlik madaniyatini rivojlantirishga qaratilgan bellashuvlar va turli tanlovlar tashkil etiladi.
Bundan tashqari xalq ta’limining ijtimoiy tarmoqlari hamda Milliy teleradiokompaniyaning telekanallari orqali turli to‘garaklar faoliyati yo‘lga qo‘yiladi, - deyilgan vazirlik xabarida.
Yangiliklar lentasi
0