https://oz.sputniknews-uz.com/20220109/vrach-ichaklar-uchun-eng-foydali-va-zararli-mahsulotlarni-aytdi-21789709.html
Shifokor ichaklar uchun eng zararli taomlarni sanab oʻtdi
Shifokor ichaklar uchun eng zararli taomlarni sanab oʻtdi
Amerikalik gastroenterolog-shifokor Tomas Friling aytishiga koʻra, shakar, kolbasa va “ayrim yogʻlar” ichak uchun eng xavfli mahsulotlar.
2022-01-09T22:30+0500
2022-01-09T22:30+0500
2022-01-09T20:53+0500
jamiyat
shifokorlar tavsiyasi
sogʻlom turmush tarzi platformasi
foydali
sogʻliq
/html/head/meta[@name='og:title']/@content
/html/head/meta[@name='og:description']/@content
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/1419/91/14199183_0:160:3073:1888_1920x0_80_0_0_2e24e2ccd3c7a54e81e65e82d83d4301.jpg
Ichak immun himoyasi, vitaminlar ishlab chiqish va foydali moddalar soʻrilishi uchun javob beradi. Hazm qilish tizimi holati inson organizmining umumiy salomatligiga taʼsir qiladi, shuning uchun ham kunlik ratsionga oʻz vaqtida qoʻshimcha mahsulotlar kiritish haqida jiddiy oʻylash kerak.Immun tizimining deyarli 70% hujaylari ichakda, aniqroq qilib aytganda, hazm qilish organining shilliq qavatida joylashgan. Biroq uning tarkibidagi bakteriyalar ichaklar toʻgʻri ishlashi uchun sogʻlom oziq moddalarini talab qiladi. Aks holda, bu salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.Notoʻgʻri ovqatlanish tufayli infektsiyalarga taʼsirchanlik kuchayadi. Surunkali ichak kasalliklari paydo boʻlishi xavfi bor, bu esa yanada jiddiy muammolarga (saraton yoki hatto jigar tsirroziga) ham olib kelishi mumkin. Biroq, toʻgʻri oziq-ovqat foydali bakteriyalarni koʻpaytiradi, zararlarini esa nazorat qiladi.Shuning uchun ham ichakdagi bakteriyalar immun va nerv tizimi bilan oʻzaro bogʻliq, deydi doktor Tomas Friling Focus internet-nashriga bergan interyusida.Ichaklarga nimalar zarar keltiradi?Mutaxassis hazm qilish tizimiga salbiy taʼsir qiladigan uchta mahsulot nomini sanab oʻtdi.- ShakarKoʻpchiligimiz shirinliklarni yaxshi koʻramiz: shokolad, marmelad, mazali pishiriqlar. Biroq, muntazam shirinliklar isteʼmol qilsak, tezda ortiqcha vazn paydo boʻladi. Ichakning shilliq qavati bakteriyalarida ham xuddi shunday. Ular shakarni tez parchalaydi, shuning uchun ham ularning koʻpayish jarayoni juda tezlashadi. Bu ichak salomatligiga salbiy taʼsir qiladi.- Quritilgan, dudlangan va qayta ishlangan kolbasa mahsulotlariMuammo shundaki, kolbasa mahsulotlarida issiqlik bilan ishlov berish jarayonida potentsial kantserogenlar paydo boʻladi. Tez-tez qayta ishlangan goʻsht isteʼmol qilish oshqozon osti bezi saratoni rivojlanish ehtimolini oshiradi. Biroq, baʼzida zararli mahsulotlarni isteʼmol qilish mumkin.- “Yomon yogʻlar”Shuningdek shifokor mayonez, margarin va salo tarkibidagi yomon yogʻlarning salbiy oqibatlari haqida ogohlantirib oʻtdi. Bunday ovqat ichak uchun qoʻshimcha ogʻir yuk boʻladi.Qanday mahsulotlar yordam beradi?Bunday hollarda yengil eruvchan va tabiiy oziq tolalari yordam beradi. Bu mahsulotlarni muntazam isteʼmol qilish ichak faoliyatini meʼyorlashtiradi va hazm qilishni yaxshilaydi.- BananInulinga boy (tabiiy foydali mahsulot). U ichakdagi yalligʻlanishga qarshi bakteriyalar oʻsishiga yaxshi taʼsir qiladi.- BaliqMaʼlumki, baliq yogʻli kislotalarga boy. Bu esa shilliq qavatning oziqlanishiga yaxshi taʼsir qiladi va organizmning himoya funktsiyasini mustahkamlaydi.-Poʻsti bilan qaynatilgan kartoshkaKartoshka poʻsti tarkibida ichak himoyasini yaxshilaydigan yogʻ kislotalari bor. U shilliq qavatning holatiga yaxshi taʼsir qiladi.- Tuzlangan karamFermentatsiya jarayonlarini faollashtiradi, patogen bakteriyalarni sizib chiqaradi, shu sabab ichak shilliq qavatini sogʻlom asraydi.- Qora nonUning tarkibida immun tizimini mustahkamlash uchun zarur kletchatkalar hamda qimmatli uglevodlar bor.Shuningdek, Tomas Friling ratsionga dukkakli mahsulotlar, ismaloq, sabzi va savoy karami kabi kletchatkaga boy mahsulotlarni kiritishni tavsiya qildi.Yanada mustahkam immunitet uchun esa mutaxassis nafaqat meʼyorlashtirilgan parhez, balki muntazam ochiq havoda mashq qilishni ham tavsiya qiladi.
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2022
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/1419/91/14199183_170:0:2901:2048_1920x0_80_0_0_8a63b97ef3e0ee1be6789816c08b573e.jpgSputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
shifokorlar tavsiyasi, sogʻlom turmush tarzi platformasi, foydali, sogʻliq
Shifokor ichaklar uchun eng zararli taomlarni sanab oʻtdi
Amerikalik gastroenterolog-shifokor Tomas Friling aytishiga koʻra, shakar, kolbasa va “ayrim yogʻlar” ichak uchun eng xavfli mahsulotlar.
Ichak immun himoyasi, vitaminlar ishlab chiqish va foydali moddalar soʻrilishi uchun javob beradi. Hazm qilish tizimi holati inson organizmining umumiy salomatligiga taʼsir qiladi, shuning uchun ham kunlik ratsionga oʻz vaqtida qoʻshimcha mahsulotlar kiritish haqida jiddiy oʻylash kerak.
Immun tizimining deyarli 70% hujaylari ichakda, aniqroq qilib aytganda, hazm qilish organining shilliq qavatida joylashgan. Biroq uning tarkibidagi bakteriyalar ichaklar toʻgʻri ishlashi uchun sogʻlom oziq moddalarini talab qiladi. Aks holda, bu salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.
Notoʻgʻri ovqatlanish tufayli infektsiyalarga taʼsirchanlik kuchayadi. Surunkali ichak kasalliklari paydo boʻlishi xavfi bor, bu esa yanada jiddiy muammolarga (saraton yoki hatto jigar tsirroziga) ham olib kelishi mumkin. Biroq, toʻgʻri oziq-ovqat foydali bakteriyalarni koʻpaytiradi, zararlarini esa nazorat qiladi.
Shuning uchun ham ichakdagi bakteriyalar immun va nerv tizimi bilan oʻzaro bogʻliq, deydi doktor Tomas Friling Focus internet-nashriga bergan interyusida.
Ichaklarga nimalar zarar keltiradi?
Mutaxassis hazm qilish tizimiga salbiy taʼsir qiladigan uchta mahsulot nomini sanab oʻtdi.
Koʻpchiligimiz shirinliklarni yaxshi koʻramiz: shokolad, marmelad, mazali pishiriqlar. Biroq, muntazam shirinliklar isteʼmol qilsak, tezda ortiqcha vazn paydo boʻladi. Ichakning shilliq qavati bakteriyalarida ham xuddi shunday. Ular shakarni tez parchalaydi, shuning uchun ham ularning koʻpayish jarayoni juda tezlashadi. Bu ichak salomatligiga salbiy taʼsir qiladi.
- Quritilgan, dudlangan va qayta ishlangan kolbasa mahsulotlari
Muammo shundaki, kolbasa mahsulotlarida issiqlik bilan ishlov berish jarayonida potentsial kantserogenlar paydo boʻladi. Tez-tez qayta ishlangan goʻsht isteʼmol qilish oshqozon osti bezi saratoni rivojlanish ehtimolini oshiradi. Biroq, baʼzida zararli mahsulotlarni isteʼmol qilish mumkin.
“Dudlangan kolbasa ratsionimizning bir qismi, lekin doimo isteʼmol qilish mumkin emas. Uni haftada bir marotaba isteʼmol qilish mumkin, hech qanday zararli oqibatlar boʻlmaydi”, - deydi Friling.
Shuningdek shifokor mayonez, margarin va salo tarkibidagi yomon yogʻlarning salbiy oqibatlari haqida ogohlantirib oʻtdi. Bunday ovqat ichak uchun qoʻshimcha ogʻir yuk boʻladi.
Qanday mahsulotlar yordam beradi?
Bunday hollarda yengil eruvchan va tabiiy oziq tolalari yordam beradi. Bu mahsulotlarni muntazam isteʼmol qilish ichak faoliyatini meʼyorlashtiradi va hazm qilishni yaxshilaydi.
Inulinga boy (tabiiy foydali mahsulot). U ichakdagi yalligʻlanishga qarshi bakteriyalar oʻsishiga yaxshi taʼsir qiladi.
Maʼlumki, baliq yogʻli kislotalarga boy. Bu esa shilliq qavatning oziqlanishiga yaxshi taʼsir qiladi va organizmning himoya funktsiyasini mustahkamlaydi.
-Poʻsti bilan qaynatilgan kartoshka
Kartoshka poʻsti tarkibida ichak himoyasini yaxshilaydigan yogʻ kislotalari bor. U shilliq qavatning holatiga yaxshi taʼsir qiladi.
Fermentatsiya jarayonlarini faollashtiradi, patogen bakteriyalarni sizib chiqaradi, shu sabab ichak shilliq qavatini sogʻlom asraydi.
Uning tarkibida immun tizimini mustahkamlash uchun zarur kletchatkalar hamda qimmatli uglevodlar bor.
Shuningdek, Tomas Friling ratsionga dukkakli mahsulotlar, ismaloq, sabzi va savoy karami kabi kletchatkaga boy mahsulotlarni kiritishni tavsiya qildi.
Yanada mustahkam immunitet uchun esa mutaxassis nafaqat meʼyorlashtirilgan parhez, balki muntazam ochiq havoda mashq qilishni ham tavsiya qiladi.