NATO “rus geosiyosiy ekspansiyasiga” qarshi yonma-yon turmoqda

© Sputnik / Vladimir TrefilovGosudarstvennie flagi Rossii i SShA
Gosudarstvennie flagi Rossii i SShA - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.01.2022
Obuna bo‘lish
Bugun Jenevada boshlanayotgan Rossiya-Amerika muzokaralari oldindan “NATO bo‘yicha ittifoqchilar bilan maslahatlashuvlar bilan” pishitilgan. Vashington shu tariqa “biz ko‘pchilik, siz esa yolg‘iz” deb munozaralarga ohangdorlik bag‘ishlash niyatida ekani ayon.
Unutilgan eski narsalarni yangi yaxshi narsa sifatida berishga urinish Moskva uchun surprizlar keltirmagan NATOga a’zo mamlakatlarning tashqi siyosiy idoralari rahbarlarining munozaralari darajasi singari Rossiyaning kulgusini qistashi mumkin, xolos.
Natochilar “Rossiyaning tajovuzkor xulq-atvori”, “imperiyacha qiliqlari” va “Yalta kelishuvlari tarhlari bo‘yicha yashashi” haqidagi qadimiy duolarni takrorlashga ulgurishdi.
Ayniqsa, Yalta konferensiyasi va uning yakunlariga oid hamlalar ortiqcha bo‘lib ko‘rinadi.
Aynan Yalta konferensiyasi vaqtida SSSR tarkibiga kiruvchi Ukraina respublika sifatida BMTda o‘rin olish to‘g‘risida qaror qabul qilingan va muvofiqlashtirilgan edi (Stalin bunda turib olgandi, u Cherchillga ham, Ruzveltga ham Ukraina gitlerizmdan xalos bo‘lishga ulkan hissa qo‘shganini tushuntirgan).
Rossiya TIV NATO bilan xavfsizlik bo‘yicha muzokaralarning asosiy masalalarini ma’lum qildi
Bugun yakunlari rad qilinayotgan Yalta konferensiyasining nafaqat diplomatiya, balki iqtisodga ham, siyosatga ham tarqalgan. Dunyo ko‘p o‘n yilliklarni kafolatli va xavfsiz boshdan kechirdi. Bu NATO shtab-kvartirasidagi amaldorlarga yoqidi yoki yo‘q, xuddi shunday.
Yuzaga kelgan inqirozlarn hal etilgan. Yuqori tribunalardan “Yalta” o‘lgani va endi Qrimda imzolangan hujjatlarda belgilangan yakunlar o‘rniga “yangi fikrlar” qo‘llanishi ma’lum qilingandan boshlab hammasi o‘zgardi.
Bu geosiyosiy paradimaga ko‘ra, endi raqiblar yo‘q, Rossiya ularni o‘zini dushmani deb hisoblaganlarni bag‘riga olishga tayyor. Rossiyani ham sobiq dushmanlar qabul qilishga tayyorligi kabi. Faqat bir shart bilan: Rossiya o‘zining tashqi siyosatidan, mustahkam davlat suverenitetidan va o‘zining manfaatlaridan voz kechishi shart.
Bunday status-kvo (turli sabablarga ko‘ra) saqlanib qolinganda, g‘arblik hamkorlarimiz bunday narsalar haqida hech ham o‘ylab ko‘rishmadi va xavotir olishmadi, Moskva qat’iy qarshi zarbalar berishni boshlashi bilanoq, ular zudlik bilan uni tili kalta qilishga ahd qilishdi.
Rus desantchilarining Prishtin aeroportiga marshidan bir necha oy o‘tib Rossiyani tutib turish qarori yuridik shaklga ham kirdi. Shimoliy Atlantika alyansi NATOga nomzodlar bosqichini joriy etdi.
Nomzodlik rasmiyatchilik jihatdan a’zo bo‘lmay turib harbiy-siyosiy alyansga kirishga imkon berardi va berib kelardi.
Qanday qilib buning imkoni bor.
Mana shunday.
NATO milliy mudofaa dasturini yaratishga ko‘maklashadi, uni moliyalashtiradi. Uning doirasida harbiy xizmatchilar o‘qitiladi, harbiy texnika bilan ta’minlanadi. Shuningdek, bu dasturlar u yoki bu mamlakat qurolli kuchlari safida harbiy instruktor va kuzatuvchilarning bo‘lishiga imkon beradi.
Qolaversa, shunga o‘xshash dasturlar NATO budjeti evaziga a’zo mamlakatning har qanday harbiy injiqligini qondirishga imkon beradi.
Putin Ukrainada NATOning raketa tizimlari paydo bo‘lsa nima bo‘lishini aytdi
Nomzodlik yo‘li ochilishi bilanoq, tajovurkorlik avj olishi kut. Sxinval aholisi birinchi bo‘lib buni o‘zlarida his qilishdi: Gruziya 2008-yil aprelida NATOga qo‘shilishga nomzod bo‘ldi, roppa-rosa to‘rt oy o‘tib, harbiy mushaklarini o‘ynatishga qaror qilib, Janubiy Osetiyada joylashtirilgan Rossiya tinchlikparvar kuchlariga hujum qildi.
Bu hali yumshoq variant. An’anaviy ravishda Rossiyaga yaqin Bolqonlarda kengayish maqsadida NATOning Yugoslaviyani barbod qilishiga to‘g‘ri keldi. Keyinchalik respublika tarkibida bo‘lganlarni o‘ziga a’zolikka qabul qilishni ko‘zlab. Hatto Gretsiyaning Shimoliy Makedoniyani qabul qilish borasidagi e’tirozlarini rad etishga erishildi. Bir paytlar sobiq Yugoslaviyaning bir qismi bo‘lgan bu mamlakat “Shimoliy” sifatini qo‘shib, o‘z nomini o‘zgartirdi.
Yalta kelishuvlarini sindirib – tom ma’noda – g‘arblik hamkorlarimiz va hamkasblarimiz, bugun ma’lum bo‘lganidek, bu qadam xato qarorlar o‘chog‘iga olib kelishini kutishmagan. Ular yetarlicha baho berishmagan, birinchidan, Rossiya unga kim hujum qilgani haqidagi xotiralarni unutmagan, ikkinchidan, NATO Rossiya bevosita uning xavfsizligi tahdidi qarshisida qanchalik “gapga unaydigan” bo‘lishi borada yanglishgan.
Rossiyaga uning poytaxtiga parvoz vaqti bir necha barobar qisqarishiga rozi emas. Shuningdek, Rossiya u bilan ultimatum ohangda gaplashishlariga hozir emas. Bunday urinishlarga mutlaqo mufassal va shaffat javoblarga berildi. Vazminona.
Yevropa va Amerika OAVlaridagi “Ukraina bilan chegaradagi qo‘shinlar to‘planishi” borasidagi vahimalar ko‘rinib turgan yolg‘on xabarlar.
Alyansning o‘ttizga yaqin tashqi ishlar vazirlari bir necha soat amerikalik diplomatiya xo‘jayini Blinkenni tinglashdi. U ularga “Rossiyaning geosiyosiy ekspansiyani” haqida tushuntirib, muzokaralarga o‘tdi va so‘zlab berdi: o‘z vaqtida rus harbiylari tomonidan qutqarilgan Parijdan ham, rus askarlari tomonidan ozod qilingan Berlindan ham – “rus tahdidi” ko‘rinmoqda.
Yevropaliklar, Rossiyadan farqli o‘laroq, o‘ta qisqa xotiradan aziyat chekuvchilar, eski propaganda so‘zlarini takrorlashi, unga hatto “saylovlarga haqida so‘z ketganda rus izini” ham qo‘shishdi.
NATO Sharqqa bir qadam ham siljimasligi kerak - Putin Ukraina haqida
Aslida bunday ritorikaning natijasi nolga teng, zero sog‘lom fikrlovchi yevropaliklar Rossiya haqida samimiy, xush ko‘rish mayli bilan fikr bildirishgan va bildirishmoqda.
Aynan G‘arb muzokaralar boshlanishi oldin Rossiyani yana tahqirlash va haqorat qilish uchun matbuotda propaganda kampaniyani uyushtirmoqda.
Ular o‘z tarixlarini qanchalik unutib qo‘yishgan. NATOga a’zo mamlakatlar haqoratli so‘z darvozada uzoq qolib ketmasligi va aynan Rossiya, amerikaliklar emas, yevroraliklar ham emas, ularni XXI asrdaam qutqarganini esdan chiqarishgan – haqiqiy yangi fikrlashga muvofiq haqiqiy yangi tahdidlardan.
Birdamlik bilan u yerlarda Yevropa boshlagan, mamlakatlarni, ba’zida qit’ani qondan, azob-uqubatdan, zo‘ravonlik va dahshatdan chiqarib olib, yelkasini tutib yordam qo‘lini cho‘zgan.
Yangiliklar lentasi
0