O‘zbekiston KXShT bilan yaqindan hamkorlik qilishi kerak – siyosatshunos

© Ministerstvo oboroni RF / Mediabankka o‘tishProdoljayetsya perebroska osnovnix sil rossiyskix mirotvorsev ODKB v Kazaxstan
Prodoljayetsya perebroska osnovnix sil rossiyskix mirotvorsev ODKB v Kazaxstan - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.01.2022
Obuna bo‘lish
Rossiya iqtisodiyot univesitetining Toshkentdagi filiali dotsenti, siyosatshunos Ravshan Nazarov O‘zbekiston terrorchilik tahdidlari sababli KXShT bilan yaqindan hamkorlik qilishi zarurligini ta’kidladi.
TOShKENT, 10 yanv — Sputnik. Xalqaro terrorchilik tahdidlarining kuchayishi O‘zbekistonning va KXShT davlatlari bilan hamkorlikni kengaytirish zaruriyatini keltirib chiqarmoqda, deb ta’kidladi G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot univestiteti Toshkentdagi filiali dotsenti, siyosatshunos Ravshan Nazarov Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenkoning so‘zlarini sharhlab.
Avvalroq Lukashenko KXShT kengashining navbatdan tashqari yig‘ilishida Tashkilot davlatlari Qozog‘istondagi namoyishlardan saboq olishi kerakligini aytgan edi. O‘zbekiston bu holatga alohida e’tibor qaratishi kerakligini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, shunday aytish uchun tezkor ma’lumotlar mavjud.
“O‘zbekiston KXShT davlatlari, ayniqsa Rossiya bilan harbiy-texnik hamkorlikni kengaytirishi va oshirishi kerak, chunki xalqaro terrorchilik tahdidlari juda real va yaqin kelajakda ular zo‘rayishi mumkin”, — dedi Nazarov RIA Novosti agentligiga.
Qozog‘istondagi hozirgi vaziyat - xalqaro terrorchilik mudramayapti, uning “uyqudagi yacheykalar” istalgan vaqtda faollashishi mumkinligining tasdig‘idir, deb hisoblaydi ekspert. “Yonilg‘i, oziq-ovqat yoki boshqa zaruriy mahsulotlar narxining oshirish singari kichik bir uchqun kifoya”, - deydi Nazarov.
U O‘zbekistonda “rangli inqilob” uyushtirishga real urinish 2005-yilning may oyida mamlakat sharqidagi Andijon viloyatida amalga oshirilganini eslatdi.
"O‘zbekiston bularning barchasini boshidan o‘tkazdi va sinmadi. Vaziyatni beqarorlashtirishga qaratilgan provokatorlarning har qanday urinishlarini qaytarish uchun O‘zbekiston Qurolli kuchlari va huquq-tartibot idoralari yetarli darajada kuch va malakaga ega. Biroq hammasi tahdidlar ko‘lamiga bog‘liq. Markaziy Osiyo davlatlari xavfsizlik umummintaqaviy xususiyatga ega bo‘lishini anglashi zarur", - deb qo‘shimcha qildi Nazarov.
Mavzuga doir so‘nggi materiallar:
Bundan birinchi navbatda O‘zbekiston xulosa chiqarib olishi kerak - Lukashenko
Markaziy Osiyoda terrorchilik tashkilotlarining uyqudagi guruhlari mavjud – Rahmon
Qozog‘istondagi ommaviy tartibsizliklar
Yangiliklar lentasi
0