Jamiyat

Qatʼiy karantin cheklovlari joriy etiladimi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovNadpis "Karantin"
Nadpis Karantin - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 10.01.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshligʻining birinchi oʻrinbosari qatʼiy karantin cheklovlari qayta joriy etiladimi degan savolga javob berdi.
TOSHKENT, 10 yanv — Sputnik. Oʻzbekistonda koronavirus bilan kasallanish darajasi oshgani tufayli qatʼiy karantin joriy etish rejalashtirilmagan. Bu haqda AOKAda oʻtkazilgan matbuot anjumanida Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshligʻining birinchi oʻrinbosari Xolmamat Norboyev maʼlum qildi.

"Cheklovlar kiritilishining oldini olish uchun ham emlanishimiz kerak", — dedi Norboyev.

"Bir narsani yaxshi tushunish kerak, vaktsina ‘omikron’dan himoya qilmaydi. Emlangan odamda kasallik yengilroq oʻtadi, xolos. Biz uni yuqtirmaslik uchun jamoatchilik yigʻilgan joylardagi munosabatlarni kamaytirishimiz va gigiyenaga qattiq eʼtiborli boʻlishimiz kerak", — deya qoʻshimcha qildi sogʻliqni saqlash vaziri oʻrinbosari Elmira Bositxonova.
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bosh boshqarma boshligʻi Abduvali Xoliqovning taʼkidlashicha, 24 yanvardan keyin OTMlarda taʼlim jarayoni onlayn formatga oʻtkazilmaydi. Yakuniy nazorat imtihonlari oʻz vaqtida boʻlib oʻtadi.
Eslatib oʻtamiz, 9 yanvar kuni Oʻzbekistonga Dubaydan kelgan xorijlik fuqaroda koronavirusning yangi omikron shtammi aniqlangani rasman maʼlum qilingan edi. "Omikron" shtammi aniqlangani sabab 15 yanvardan boshlab mamlakatda bir qator cheklovlar joriy etiladi.

Mavzuga oid:

Oʻzbekistonda koronavirusga chalinganlar soni yana orta boshladi
“Omikron” aniqlangan shaxs bilan samolyotda birga kelganlar karantinga olingan - SSV
Oʻzbekistonda omikron shtammi aniqlandi
Yangiliklar lentasi
0