Jamiyat

Taʼtildan qaytadigan talabalar uchun yangi aviaqatnovlar yoʻlga qoʻyiladi

© SputnikV Tashkente prizemlilsya Boeing, sovershivshiy pervыy pryamoy reys iz SSHA
V Tashkente prizemlilsya Boeing, sovershivshiy pervыy pryamoy reys iz SSHA  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 10.01.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
“Uzbekistan Airways” taʼtildan qaytadigan talabalar uchun qoʻshimcha yangi reyslarni yoʻlga qoʻyadi.
TOSHKENT, 10 yanv — Sputnik. “Uzbekistan Airways” kompaniyasi qishki taʼtil 24 yanvarga qadar uzaytirilishi munosabati bilan talabalar uchun 20-23 yanvar kunlari Oʻzbekiston boʻylab qoʻshimcha reyslar amalga oshirilishini maʼlum qildi.

20 yanvar

Toshkent – Urganch – Toshkent reysi, Toshkentdan joʻnab ketish - 12:50 (mahalliy vaqt bilan), Urganchga yetib borish - 14:20, Urganchdan joʻnab ketish - 15:00, Toshkentga yetib borish - 16:20;
Toshkent – Nukus – Toshkent reysi, Toshkentdan joʻnab ketish - 19:00, Nukusga yetib borish - 20:40, Nukusdan joʻnab ketish - 21:20, Toshkentga yetib borish - 22:40;

21 yanvar

Toshkent – Urganch – Toshkent reysi, Toshkentdan joʻnab ketish - 12:50, Urganchga yetib borish - 14:20, Urganchdan joʻnab ketish - 15:00, Toshkentga yetib borish - 16:20;
Toshkent – Buxoro – Toshkent reysi, Toshkentdan joʻnab ketish - 07:30, Buxoroga yetib borish - 08:40, Buxorodan joʻnab ketish - 09:20, Toshkentga yetib borish - 10:20;

23 yanvar

Toshkent – Fargʻona – Toshkent reysi, Toshkentdan joʻnab ketish - 12:50, Fargʻonaga yetib borish - 13:40, Fargʻonadan joʻnab ketish - 14:20, Toshkentga yetib borish - 15:10;
Toshkent – Qarshi – Toshkent reysi, Toshkentdan joʻnab ketish - 08:00, Qarshiga yetib borish - 09:00, Qarshidan joʻnab ketish - 09:40, Toshkentga yetib borish - 10:40;
Toshkent – Termiz – Toshkent reysi, Toshkentdan joʻnab ketish - 07:30, Termizga yetib borish - 08:50, Termizdan joʻnab ketish - 09:30, Toshkentga yetib borish - 10:40;
Toshkent – Buxoro – Toshkent reysi, Toshkentdan joʻnab ketish - 07:30, Buxoroga yetib borish - 08:40, Buxorodan joʻnab ketish - 09:20, Toshkentga yetib borish - 10:20;
Toshkent – Urganch – Toshkent reysi, Toshkentdan joʻnab ketish - 12:50, Urganchga yetib borish - 14:20, Urganchdan joʻnab ketish - 15:00, Toshkentga yetib borish - 16:20;
Toshkent – Andijon – Toshkent reysi, Toshkentdan joʻnab ketish - 12:30, Andijonga yetib borish - 13:30, Andijondan joʻnab ketish - 14:10, Toshkentga yetib borish - 15:00.
Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekistonda talabalar uchun qishki taʼtil 2022 yil 24 yanvarga qadar uzaytirilgan.
“Uzbekistan Airways” ham talabalar uchun mahalliy aviaqatnovlarga berilgan 50 foizlik chegirmaning amal qilish muddati 24 yanvarga qadar uzaytirishini maʼlum qilgan.
10 yanvarga qadar xarid qilingan aviachiptalar 23 yanvargacha rejalashtirilgan reyslarga bepul qayta bron qilinadi.
Yangiliklar lentasi
0