Toshkentning ikki tumani ayrim manzillarida kechgacha gaz bo‘lmaydi

CC0 / Pixabay / Gazovaya konforka
Gazovaya konforka - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.01.2022
Obuna bo‘lish
Gaz quvurini ta’mirlash va boshqa joyga ko‘chirish ishlari tufayli Toshkentning ikki tumani ayrim manzillarida vaqtincha gaz bo‘lmaydi.
TOShKENT, 10 yanv - Sputnik. Toshkentning ikki tumanida bugun soat 10:00dan - 18:00ga qadar gaz bo‘lmaydi, deb xabar qilmoqda "Hududgazta’minot" AJ matbuot xizmati.
Chilonzor tumani 20-A mavzeda 10 - yanvar kuni soat 10:00 dan 18:00 gacha ushbu manzildagi 8 ta ko‘p qavatli uylarda hamda 2 ta ulgurji iste’molchilarida tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.
Yashnobod tumanida yanvar kuni soat 10:00 dan 18:00 gacha D.Usmanova, Karimova, Uysozlar, Mumtoz, Oxangrabo, Chashma, Shavkat, Sadaf, Charos, Muloyim, Tabibiy hamda Tabassum ko‘chalaridagi aholi hamda ulgurji iste’molchilarida tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.
Xabarda aytilishiga ko‘ra, gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatilishiga sabab - yer ustida joylashgan D-57 mm past bosimli gaz quvurini boshqa xavfsiz joyga ko‘chirish (Chilonzorda) va ushbu turdagi gaz quvurini ta’mirlash ishlari (Yashnobodda).
“Hududgaz Poytaxt” gaz ta’minoti filiali ta’mirlash ishlari tufayli gaz ta’minotidagi vaqtincha uzulishlar sababli yetkazilayotgan noqulayliklar uchun aholi va gaz iste’molchilaridan uzr so‘raydi, - deyilgan xabarda.
Yangiliklar lentasi
0